Aholining huquqiy savodxonligi – jinoyatni oldini olishga xizmat qiladi
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar hamda Davlat kadastrlari palatasi…
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahar filiali boshlig‘i Sh.Suvonov Termiz Shahrining “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan, kadastr sohasiga oid qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotganligi va ularni hayotga tatbiq etish jadal olib borilayotganligi haqida targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.
Ushbu manzilli targ‘ibotdan ko‘zlangan maqsad Xalqimiz orasida bugungi kunda keng tarqalayotgan Uy-joylarga kadastr hujjatini tayyorlashda aksiya bo‘larmush degan mish-mishlar tarqalganligi va ushbu holat yuzasidan Kadastr agentligi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan video roliklarni mahalla faollariga ko‘rsatilib aholini ogohlantirish choralari ko‘rildi.