Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Aliment toʻlashdan qochib yurgan otaga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Voyaga yetmagan farzandlarning moddiy taʼminoti uchun aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgan ota-onalarga nisbatan Majburiy ijro byurosi tomonidan qonuniy taʼsir choralari qoʻllanilib kelinmoqda. Xususan, fuqarolik…

Aliment toʻlashdan qochib yurgan otaga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Voyaga yetmagan farzandlarning moddiy taʼminoti uchun aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgan ota-onalarga nisbatan Majburiy ijro byurosi tomonidan qonuniy taʼsir choralari qoʻllanilib kelinmoqda.
Xususan, fuqarolik ishlari boʻyicha Sherobod tumanlararo sudining 2018 yil
3 dekbardagi sud buyrugʻiga asosan Xolmurod Ziyodovdan voyaga yetmagan bir nafar farzdandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 25 foiz miqdorida aliment undirish belgilangan boʻlsada, qarzdor aliment pulini toʻlashdan buyin tovlab kelgan.
Farzandlarining moddiy taʼminotiga javobgar boʻlgan ota davlat ijrochilarining bir necha bor rasmiy ogohlantirishlariga qaramay aliment toʻlashdan bosh tortib qochib kelganligi uchun Qiziriq tuman maʼmuriy sudining qarori bilan aybli deb topilib, oʻn besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Afsuski, qoʻllanilgan taʼsir chorasiga qaramasdan aliment toʻlashdan qasddan boʻyin tovlab kelganligi sababli X.Ziyodovga nisbatan Byuroning Sherobod tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilti.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida qarzdor X.Ziyodovning
12 million soʻmdan ortiq aliment qarzdorligi aniqlandi.
Aliment qarzdorligini toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgan otaga huquqiy tushunchalar berilib, qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolananishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi

Mavzuga oid