Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Alisher Qodirov televideniye va taʼlim tizimida rus tilini qisqartirishni taklif qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Oʻzbekistonda taʼlim va televideniyeda rus tilidan foydalanishni qisqartirishni taklif qildi. Bu haqda u oʻzining…

Alisher Qodirov televideniye va taʼlim tizimida rus tilini qisqartirishni taklif qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Oʻzbekistonda taʼlim va televideniyeda rus tilidan foydalanishni qisqartirishni taklif qildi. Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
“3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun taʼlim va televideniyeda rus tili nomutanosib darajada koʻp! Bu tuzatilishi kerak”, deydi Qodirov.

U, birinchi navbatda, Oʻzbekistonda boshlangʻich taʼlimni ona tilida oʻqitilishi boʻyicha norma qonunga kiritilishi mumkinligini aytdi.
Shuningdek, deputat boshqa davlatlar bilan telekoʻrsatuvlar almashishni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. U “Milliy tiklanish” partiyasi fraktsiyasida bu masalalarni muhokama qilinishini bildirgan.
“Qozoq, ozar, qirgʻiz, turkman, turk va tojik qardoshlar bilan telekoʻrsatuvlar almashishni yoʻlga qoʻyaylik”, deydi Qodirov.

Qayd etish joizki, Alisher Qodirovning bu taklifi rossiyalik shovinist tarixchi Mixail Smolinning Markaziy Osiyodagi xalqlar, xususan, oʻzbeklar va qozoqlarning goʻyoki 1917 yildagi inqilobgacha boʻlmagani haqidagi iddaolari fonida bildirildi. Bundan sal oldinroq esa Rossiya gvardiyasi polk komandirining harbiy-siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib, ularning aholisiga rus tilini oʻrgatish taklifini ilgari surgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa ularning gaplari oʻzlarining shaxsiy fikri ekani va bu rasmiy Moskvaning pozitsiyasini anglat,asligini aytib chiqdi.
“Rasmiy rus tomoni shovinistlarni “gʻalati” chiqishlarini taʼkidlashdan nariga oʻtmayapti. Bu ularni bunday ritorikadan manfaatdor degan taassurot uygʻotadi. Soʻnggi vaqtlarda rus tilida shovinistik bayonotlardan boshqa narsa eshitmayapmiz. Bu holatda munosabatlar oʻz yoʻliga, amaliy choralar haqida oʻylashimiz kerak”, deydi Alisher Qodirov.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo aholini zaharli gʻoyalardan saqlash uchun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha radio-televideniye kanallari hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan cheklash masalasini koʻrib chiqishni taklif qilgandi.

Mavzuga oid