Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Andijonda Gentra haydovchisi 77 yoshli otaxonni urib, uchirib yubordi. Erkak vafot etdi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir otaxonni katta tezlikda avtomobil urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum…

Andijonda Gentra haydovchisi 77 yoshli otaxonni urib, uchirib yubordi. Erkak vafot etdi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir otaxonni katta tezlikda avtomobil urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 10:00 atrofida Andijon shahri Oʻzbekiston koʻchasida 1999 yilda tugʻilgan haydovchi xususiy korxonaga tegishli Gentra avtomobilni boshqarib ketayotgan boʻlgan.
Natijada yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 1946 yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Biroq koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bir kundan soʻng vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid