Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi

❗️Shu yil 26 noyabr kuni A-373 Toshkent-Oʻsh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oraligʻida “Isuzu” avtobusi va yuk mashinasi toʻqnashib ketgani haqida xabar bergandik. 🚑 Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida 3…

Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi

❗️Shu yil 26 noyabr kuni A-373 Toshkent-Oʻsh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oraligʻida “Isuzu” avtobusi va  yuk mashinasi toʻqnashib ketgani haqida xabar bergandik.

🚑 Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgani, 38 nafar yoʻlovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

✅ Ayni paytda Sogʻliqni saqlash vazirligi nazoratida boʻlgan ushbu bemorlardan 4 nafariga tibbiy xulosalar ijobiy boʻlgani uchun ambulator sharoitda davolanish uchun uyiga ruxsat berildi.

❌ Achinarlisi, oʻta ogʻir ahvoldagi yana bir nafar bemor amalga oshirilgan reanimatsion choralarga qaramasdan vafot etdi.

🔬Ushbu fuqaro shifoxonaga “Bosh miyaning ogʻir darajada lat yeyishi. Miya oʻzagi shikastlanishi. Qorin boʻshligʻi aʼzolari yopiq jarohati. Jigar segmentlarining ezilib yorilishi. Chap bilak suyagining ochiq sinib siljishi. Oʻng boldir sohasi old yuzasi va oʻng qoʻl tirsak sohalarining 2-darajali kuyishi. 3-darajali travmatik shok” tashxisi bilan olib kelingan edi. Unda belgilangan standartlar boʻyicha barcha zarur amaliyotlar oʻtkazilgan.

📹 Hozirda 33 nafar bemorda shifokorlar zarur muolajalarni davom ettirmoqda.

📌 Nazoratda turgan bemorlarning 11 nafari RShTYoIM Andijon filialida, 16 nafari Asaka tumani, 4 nafari Boʻston tumani, 2 nafari Shahrixon tumani shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarida davolanmoqda.

❗️Ushbu bemorlarning 1 nafari oʻta ogʻir, 5 nafari ogʻir ahvolda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ularning holatini toʻliq nazoratga olgan boʻlib, bemorlar zarur tibbiy yordam va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Mavzuga oid