Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Andijondagi bojxona postida xodim ayolning yuklarini tepib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida joylashgan “Doʻstlik” bojxona postida bojxona xodimi chegarani kesib oʻtayotgan ayolga juda qoʻpol munosabatda boʻlgani va uning sumkalarini tepib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Unda…

Andijondagi bojxona postida xodim ayolning yuklarini tepib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida joylashgan “Doʻstlik” bojxona postida bojxona xodimi chegarani kesib oʻtayotgan ayolga juda qoʻpol munosabatda boʻlgani va uning sumkalarini tepib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Unda xodim quyushqondan chiqib, yoʻlovchi ayolga baqirayotgani boshqalar esa holatni tomosha qilayotganini koʻrish mumkin.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi esa 2024 yil 27 yanvar kuni bunga oʻz munosabatini bildirdi. Boshqarmaga koʻra, mazkur videomurojaat tegishli tartibda oʻrganilganda, ushbu holat 2023 yilning 25 oktyabr kuni boʻlganligi aniqlangan.

“Hozirda xodimning xatti harakatiga nisbatan xizmat tekshiruv tayyorlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 28 noyabrida Qonunchilik palatasi deputatlari yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish maqsadida Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqullagandi. Hujjat bilan huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini “obroʻsizlantirish maqsadida” internetda eʼlon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etish taklif qilingan. Hozirda bu hujjat Senat tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

Mavzuga oid