Angorda elektr energiyasidan qarz boʻlgan “Cluster”dan530 million soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi
Taʼkidlash joizki, elektr energiyasi va tabiiy gaz kundalik turmushimizda ishlatiladigan eng zarur neʼmatlar hisoblanadi. Ulardan tejamkorlik bilan oqilona foydalanib, energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida…
Taʼkidlash joizki, elektr energiyasi va tabiiy gaz kundalik turmushimizda ishlatiladigan eng zarur neʼmatlar hisoblanadi. Ulardan tejamkorlik bilan oqilona foydalanib, energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ayrim jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmasliklari oqibatida taʼminotchi korxonalar tomonidan sudlarga davo arizalari kiritilib, qarzdorliklar Majburiy ijro byurosi organlari orqali undirilmoqda.
Misol uchun, Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan Angor tumanida faoliyat yuritib kelayotgan klaster masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Aksiyadorlik jamiyati foydasiga jami 537 mln. 790 ming soʻm foydalanilgan elektr energiyasidan boʻlgan qarzni undirish belgilangandi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Angor tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor jamiyat rahbari ogohlantirilgan holda majburiy ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor jamiyatga tegishli boʻlgan barcha mol-mulklariga taqiqlar qoʻyilib, bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborildi. Sud qarori talabalari bajarilmagan taqdirda mol-mulklar xatlovga olinib, auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatning hisob raqamlaridan elektr energiyasi uchun qarzdorlik toʻliq undirib olinib, qoʻllanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Sodiq Allanazarov,
Byuroning Angor tuman boʻlimi davlat ijrochisi.