Angren IES hududida yongʻin chiqdimi?
Ijtimoiy tarmoqda Angren IES hududida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bu xabar mutlaqo yolgʻonligini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Angren IES…
Ijtimoiy tarmoqda Angren IES hududida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bu xabar mutlaqo yolgʻonligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yongʻin sodir boʻlmagan.
Stantsiya barqaror ishlamoqda.
Vazirlik ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni chiqarmasliklarini soʻragan holda, bu kabi yolgʻon xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib oʻtdi.