Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Aqlli gaz hisoblagichlar havoda ham ishlaydimi?

Surxondaryo viloyat Hududgaz taminoti boshqarmasida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda asosiy 2 ta masala: aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlashi hamda xonadonlarga yangi elektron gaz hisoblagichlarning…

Aqlli gaz hisoblagichlar havoda ham ishlaydimi?


Surxondaryo viloyat Hududgaz taminoti boshqarmasida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda asosiy 2 ta masala: aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlashi hamda xonadonlarga yangi elektron gaz hisoblagichlarning oʻrnatilishi qay yoʻsinda olib borilyotgani uning ishlash tartibi haqida soʻz yuritildi.
Anjumanda aholi tomonidan yoʻllangan va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan “Aqlli gaz hisoblagichlar havoda ham ishlaydimi, gaz uzilib qolgan taqdirda u aylanaveradimi” mazmunidagi gaplarga ham oydinlik kiritildi.


Mutaxassislarning aytishicha. yangi uskuna hisobida mablagʻ kam qolganda ikki kun avval aholi tomonidan taqdim etilgan telefon raqamiga ogohlantirish xabari boradi va mablagʻ tugaganda gaz hisoblagich avtomatik tarzda oʻchadi. Hisob qayta toʻldirilganda huddi shu tarzda yana qayta ishga tushadi.
Malumot oʻrnida aytish joizki, ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida 65% aholi xonodonlari yangi gaz hisoblagichlar bilan toʻla taminlangan.

Mavzuga oid