Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Artel kompaniyalar Guruhi Yevropa bozoriga katta qadam qoʻydi

Oʻrta Osiyodagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi — Artel kompaniyalar Guruhi oshxona plitalarining xavfsizligi Yevropa reglamentlariga mos kelishini tasdiqlandi. 2023 yil 17 noyabr kuni Artel oshxona…

Artel kompaniyalar Guruhi Yevropa bozoriga katta qadam qoʻydi

Oʻrta Osiyodagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi — Artel kompaniyalar Guruhi oshxona plitalarining xavfsizligi Yevropa reglamentlariga mos kelishini tasdiqlandi.

2023 yil 17 noyabr kuni Artel oshxona plitalari ishlab chiqarish korxonasi Turkiyaning yetakchi sertifikatlashtirish organlaridan biri tomonidan SE (Conformitée Européenne) muvofiqlik sertifikati bilan taqdirlandi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchining oshxona plitalari 2016/426 «Gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan uskunalar va jihozlar» 2016/426 GAR, 2014/35/EU Elektr xavfsizlik boʻyicha Yevropa direktivalari, 2014/30/EU elektromagnit moslashuviga muvofiqlik sinovidan oʻtkazildi va mahsulotlarni muvofiqlik belgisi SE bilan yorliqlash huquqiga ega boʻldi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi tan olinishiga erishish uchun kompaniya mutaxassislari koʻp ishlarni amalga oshirdilar. Oshxona plitalari namunalari EN 30-1-1 va EN 30-2-1 Yevropa standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish uchun Turkiyadagi INTEGRA96 laboratoriyasiga yuborildi. Mahsulot sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng sertifikatlashtirish organi vakillari oshxona plitalari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdilar va ishlab chiqarish auditini oʻtkazdilar. Audit yakuni boʻyicha kompaniyaga muvofiqlik sertifikati va mahsulotlarni muvofiqlik belgisi SE bilan yorliqlash huquqi berildi.

Shuni taʼkidlash kerakki, INTEGRA96 sertifikatlashtirish organi IAF (Xalqaro akkreditatsiya forumi) va ILAC (Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiyalash hamkorligi) xalqaro tashkilotlarining toʻliq aʼzosi boʻlgan Turkiyaning akkreditatsiya boʻyicha TÜRKAK organi tomonidan akkreditatsiya qilingan. INTEGRA96 Yevropa Ittifoqi tomonidan gazsimon yoqilgʻida ishlaydigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash vakolatiga ega. INTEGRA96 sertifikatlari xalqaro miqyosda tan olingan.

Artel kompaniyalar Guruhi mahsulot sifatini va xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha doimiy ish olib bormoqda. Bugungi kunda Artel brendi ostidagi mahsulotlar 20 dan ortiq eksport bozorlarida namoyish etilgan. Yevropa xavfsizlik talablariga muvofiqlik boshqa mamlakatlarga eksport qilish uchun yangi ufqlarni ochadi va bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Yevropa ittifoqi Artel Electronics INTEGRA96

Mavzuga oid