Arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi Oʻzbekiston arxivlari portali ishga tushirildi.
AOKAda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. https://portal.archive.uz – arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik…
AOKAda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
https://portal.archive.uz – arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yoritib beradi, arxiv hujjatlari va boshqa turdagi materiallarni tezkor, qulay usulda foydalanuvchi va tadqiqotchilarga yetkazish hamda shu bilan birga davlat arxivlari aholining barcha qatlamlariga arxiv sohasidagi huquqiy madaniyatni singdirishga qaratilgan koʻrgazmali materiallarni doimiy ravishda yangilab, elektron shaklda tarqatish imkoniyatini beradi.
Platforma har bir Arxiv ishi hududiy boshqarmasi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olibgina qolmay, ular tasarrufidagi davlat arxivi haqidagi maʼlumotlar ham kiritilgan.
Mazkur portaldan barcha tashkilotlar ish yurituvchilari va arxivchi xodimlari, shuning jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin.
“Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023 yilda 317 ta vazirlik va idora hamda ularning hududiy boʻlimlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari oʻtkazildi. Tekshirilarning 39 tasi Agentlik tomonidan, 278 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan.