Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

ASR tomonidan oʻrganishlar natijasida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha takliflar ishlab chiqildi

Hududlarda kichik va oʻrta biznes sohasini izchil rivojlantirishga masʼul boʻlgan yagona davlat organini belgilash. Malayziya va Turkiyaning kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish tajribasini oʻrganish va ushbu mamlakatlar Kichik va…

ASR tomonidan oʻrganishlar natijasida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha takliflar ishlab chiqildi

Hududlarda kichik va oʻrta biznes sohasini izchil rivojlantirishga masʼul boʻlgan yagona davlat organini belgilash.

Malayziya va Turkiyaning kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish tajribasini oʻrganish va ushbu mamlakatlar Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish agentliklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Soliq imtiyozlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va individual, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan imtiyozlarni bekor qilish.

Kichik va oʻrta biznesga imtiyoz va preferentsiyalar, subsidiyalar berishda Malayziya, Turkiya tajribasini oʻrganib chiqish va muayyan shart va mezonlar asosida berishni joriy qilish.

Xususiylashtirish jarayonini faollashtirish, har bir davlat korxonasi faoliyatining maqsadga muvofiqligini oʻrganish va xususiy sektor mavjud boʻlgan sohalarda ularni sotish.

Naqdsiz iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Mamlakatimizga PayPal (yoki Stripe) toʻlov tizimini olib kirish borasidagi muammolarni oʻrganib (Markaziy bank), xalqaro toʻlov tizimlarini mamlakatimizga jalb qilish borasida muzokaralar oʻtkazish.

Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
– mediatsiya tartibida erishilgan va notarius tomonidan tasdiqlangan mediativ kelishuvlarni notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatiga kiritish;

– biznes vakillari oʻrtasida mediatsiya institutining afzalliklari va jozibadorligini keng ommalashtirish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda hududlar kesimida targʻibot-tashviqot dasturini ishlab chiqish.

AQShning SCORE tizimi tajribasi asosida oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga masofaviy tarzda va interaktiv shaklda biznesda muvaffaqiyatga erishgan biznes vakillari tomonidan biznes maslahatlar berish imkoniyatini beruvchi “biznesni yaratish boʻyicha onlayn gid” tamoyili asosida ishlaydigan axborot platformani yaratish.

Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga biznesni boshlash va yuritish koʻnikmalari boʻyicha bilimlarni masofaviy tarzda berish amaliyotini joriy qilish.

Xalqaro moliya institutlarining moliyaviy-texnik koʻmagini jalb etgan holda bankrotlikni kamaytirish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud boshqaruvchilari faoliyatini qayta koʻrib chiqish, toʻlovga qobiliyatsiz holatidagi tadbirkorlik subʼektlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish.

Biznes-ombudsman, Raqobat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Raqamlashtirish vazirligi xodimlari tarkibida Adliya vazirligida ruxsat etish tartib-taomillarini qayta koʻrib chiqish shtabini tuzish. Bunda, shtabda quyidagilar amalga oshiriladi:
tegishli vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda amaldagi ruxsat etish tartib-taomillarini toʻliq qayta koʻrib chiqish, shu jumladan ularni raqamlashtirish, soddalashtirish, xavf tahlili tizimini joriy etish, talab va shartlarga rioya etilishi ustidan masofaviy monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish hamda yangi tartib-taomillarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

har soha boʻyicha tadbirkorlik subʼektlari uchrashuvlarini oʻtkazish, muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Mavzuga oid