Atrof-muhit muhofazani ta’minlashda hamkorlikdagi vazifalar muhokama etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023- yilning 11-iyul kunidagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilikni takomillashtirilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023- yilning 11-iyul kunidagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilikni takomillashtirilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-854-son QONUNI imzolangan edi. Joriy yilning 13-oktabr kunidan mazkur Qonun kuchga kirdi. Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda viloyat Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbariyati ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-854-sonli Qonuni bilan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeksga Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilganligi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Viloyat hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, hamkorlikda reyd tadbirlarini olib borish muhim masalalardan biri ekanligi qayd etildi.
Belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni tashlash, chiqindilarni to‘plash va tashish chog‘ida atrof-muhitga zarar yetkazish kabi qoidalarni buzishga oid huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi va mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.