Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Baliqchi tumani hokimining ishdan olingani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumani hokimi lavozimiga yangi nomzod tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tarqalayotgan xabarlarni rad etdi. “Bu xabarlar…

Baliqchi tumani hokimining ishdan olingani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumani hokimi lavozimiga yangi nomzod tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tarqalayotgan xabarlarni rad etdi.

“Bu xabarlar haqiqatga zid. Rasman bunday oʻzgarish boʻlmaganini maʼlum qilamiz. Baliqchi tumani hokimi lavozimida Abdurayimov Jasurbek Odiljonovich faoliyat yuritmoqda.
Ommaga yolgʻon axborotlar tarqatish qonunchiligimizga asosan javobgarlikka tortilishga yetarli sabab boʻlishini, eslatib oʻtamiz. Shuningdek, matbuot xizmatiga ushbu soxta xabar ortida turli buyurtmalar mavjud ekanligi boʻyicha maʼlumotlar kelib tushmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid