Barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlarida chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi
Chiptalarni tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi. Avval xabar qilinganidek, “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada…
Chiptalarni tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi.
Avval xabar qilinganidek, “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2024 yil 1 dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi.
2024 yil 1 dekabrgacha yurtimizdagi barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
Transport vazirligi:
-avia, temir yoʻl va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;
-Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bogʻlovchi qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi;
-amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yoʻl marshrutlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.