Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bayrogʻimiz ozod Vatan, sadoqat va shon-shuhrat ramzi

Termiz shahridagi osmonoʻpar flagshtokka oʻrnatilgan bayroq ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Bayrogʻimiz—faxrimiz, gʻururimiz”…

Termiz shahridagi osmonoʻpar flagshtokka oʻrnatilgan bayroq ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
“Bayrogʻimiz—faxrimiz, gʻururimiz” mavzuida oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professor-oʻqituvchilar, talaba yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdiSurxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari Chori Begimqulov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Maʼnaviy hayot” jurnali bosh muharriri, shoir Eshqobil Shukur milliy bayrogʻimiz mustaqil davlatchiligimiz ramzi, xalqimizning orzu-umidlari, gʻururi belgisi sifatida har bir kishining faxr- iftixor tuygʻusini yuksaltirayotganini alohida taʼkidladi.

Tadbirda bayrogʻimizda milliy-tarixiy anʼanalarimiz, uzoq oʻtmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik begʻuborlik, goʻzallik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz oʻz ifodasini topgani xususida soʻz yuritildi.
Sanʼatkorlar ijrosidagi Vatanni, mardlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbiga xushkayfiyat ulashdi. Tadbir doirasida Termiz shahar koʻchalari boʻylab Oʻzbekiston Milliy gvardiyasining harbiy otliqlar otryadi, viloyat ichki ishlar boshqarmasining skuterlari, chegara qoʻshinlarining kvadrattsikllari, harbiy avtomashina va velosportchilari ishtirokida bayrogʻimiz baland koʻtarilgan bayram marshi tashkil etildi. Yoshlar oʻrtasida yugurish boʻyicha marafon oʻtkazildi.Viloyatimizning shahar va tumanlarida boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlari kattayu kichik, yoshu keksa – barchani davlat ramzimizga nisbatan yana bir bor iftixor tuygʻusiga zamin yaratmoqda.  

Mavzuga oid