BIR ASR KUTILGAN GUVOHNOMA
Davlat xizmatlari agentligining FHDYo boʻlimlari tomonidan fuqarolarning bevosita hamda joylardagi uchrashuv va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlari asosida tugʻilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib…
Davlat xizmatlari agentligining FHDYo boʻlimlari tomonidan fuqarolarning bevosita hamda joylardagi uchrashuv va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlari asosida tugʻilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib berilmoqda. Bu boradagi ishlarni agentlikning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning tizimidagi FHDYo boʻlimlari faoliyati misolida ham koʻrish mumkin. Ana shunday yurtdoshlarimiz orasida allaqachon yuz yoshni ortda qoldirgan insonlarning borligiga ham guvoh boʻliyapmiz. Masalan kuni kecha, Qumqoʻrgʻon tumani “Ulugʻbek” mahallasida istiqomat qiluvchi 101 yoshni qarshilagan Koʻcharova Momoxol ayaga yaqinlarining murojaatiga asosan tuman FXDYo boʻlimi tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma topshirildi.
Denov tumani “Quyoshli yurt” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh. Ismanova 2002 va 2006 yillarda tugʻilgan farzandlari uchun bir necha yillardan buyon tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni ololmay sarson boʻlib yurgan edi. Ushbu yurtdoshimizning murojaati Davlat xizmatlari agentligi surxondaryo viloyat boshqarmasi Denov tuman FHDYo boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi. Maʼlum boʻlishicha vaqtida tugʻriqxonadan olinmagan bolaning tugʻilganligi haqidagi maʼlumotnoma shuncha yillar davomida ovoragarchilikka sabab boʻlgan. Denov tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2006 yil 3 fevralda tugʻilgan Alijanov Asliddin Ixtiyorovch nomiga joriy yilning 5 may sanasida tugʻilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi. Shu oʻrinda oʻquvchida ushbu oilaning 2002 yilda tugʻilgan farzandichi nega ikkalasiga bir paytda guvohnoma rasmiylashtirilmadi degan savol tugʻilishi tabiiy. Vazirlar Mahkamasining 2016 yildagi qarori tegishli ilovasiga asosan 16 yoshdan oshgan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Shu sababli, Sh. Ismanovaga Denov tumanlararo fuqarolik sudiga murojaat qilish, sud qarori qabul qilinganidan soʻng ushbu farzandiga ham FHDYo boʻlimi tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiy lashtirib berilishi yuzasidan tushuntirish berildi.
DXA Surxondaryo viloyat boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻʼbasi