Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

BIR UMRLIK ORZUM RO’YOBGA CHIQDI ENDI IKKI XONALI UYIM BOR,DEYDI DENOVLIK ROBIYA BOYMIROVA

Bu borada Prezidentning virtual qabulxonasi hamda viloyat, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalarining samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonalari ham viloyat…

BIR UMRLIK ORZUM RO’YOBGA CHIQDI ENDI IKKI XONALI UYIM BOR,DEYDI DENOVLIK ROBIYA BOYMIROVA

Bu borada Prezidentning virtual qabulxonasi hamda viloyat, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalarining samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonalari ham viloyat sektorlari, joylardagi mahalliy hokimiyat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Joriy yil boshidan buyon virtual va Xalq

qabulxonalariga kelib tushgan jami 104 695 ta murojaatdan 79 566 tasi qanoatlantirilgan, 8979 tasi esa oʻrganish jarayonida. — Avvallari odamlar oʻz dardu tashvishini kimga aytishni bilmay sarson-sargardon boʻlardi, — deydi Prezidentning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov. — Katta-kichik idoralar eshigini qoqib borgan fuqarolar oylab, hatto yillar davomida oʻz mushkuliga yechim topa olmasdi. Bu esa aksariyat masala va muammolar yigʻilib qolishiga sabab boʻlardi. Joylarda Xalq qabulxonalari va sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi bilan aholi murojaatlari bilan ishlashning mutlaqo yangi va mukammal tizimi yaratildi. Uzoq yillar davomida yigʻilib qolgan katta-kichik muammolarni birin-ketin bartaraf etyapmiz. Odamlarni rozi qilish, ularning muammosini hal etish

doimiy eʼtiborimiz markazida. Shuning natijasida bizga yoʻllanayotgan murojaatlar soni ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 42,3 foiz kamaygan. Kommunal sohada uzoq yillar oʻz yechimini kutgan muammolar maʼnan eskirgan tarmoqlarni yangilash va taʼmirlash orqali bartaraf etilmoqda. Joriy yilda viloyat Xalq qabulxonasi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh Termiz
shahri va 14 ta tumanda 81 200 xonadonning muammolarini uyma-uy yurgan holda oʻrgandi. Oʻrganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sariosiyo tumanlarida 1 tadan, Sherobod, Denov va Uzun tumanlarida
4 tadan, jami 12 ta transformator punkti hamda 438 ta simyogʻoch oʻrnatildi. “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan 8 ta nasos yangilandi, 42 tasi taʼmirlandi. 1,03 kilometr ichimlik suv tarmogʻi tortildi, 4 ta suv minorasi qurildi hamda 6 kilometr oqova suv quvuri tozalandi. Termiz shahri Namuna mahallasidagi 448 ta xonadonni tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida 2,2 kilometr quvur tortildi. Muammolarni hal etishda doimiy ravishda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarning oʻrni katta boʻlmoqda.

Ilhom RAHMATOV, “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Mavzuga oid