Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Bir ziyoli – bir mahallaga homiy”. TerDU professor-oʻqituvchilari mahallada

“BIR ZIYoLI – BIR MAHALLAGA MAʼNAVIY HOMIY” TAMOYILI ASOSIDA MAHALLALARDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA Maʼlumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb…

“Bir ziyoli – bir mahallaga homiy”. TerDU professor-oʻqituvchilari mahallada

“BIR ZIYoLI – BIR MAHALLAGA MAʼNAVIY HOMIY” TAMOYILI ASOSIDA MAHALLALARDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

Maʼlumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanib, bu borada davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonda har bir mahallaga “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida professor-oʻqituvchi va taniqli ziyolilar biriktirildi. Jumladan, Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasiga Termiz davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti maʼnaviy homiy etib belgilandi. Fakultetning professor-oʻqituvchilari tomonidan mahalla bilan hamkorlikda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi, yoʻl xaritasi tuzildi. Uyushmagan yoshlarni toʻgaraklarga jalb qilish maqsadida mahalla hududida joylashgan 2-sonli sanʼat va musiqa maktabidan xona ajratilib, ona tili va adabiyoti fanidan repitorlik kurslari tashkil etildi. Mazkur kurs oʻzbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchi va iqtidorli talabalari tomonidan bepul oʻtilmoqda.


Joriy yil 28 aprel sanasida fakultet dekani Obid Shofiyev boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalardan iborat jamoa mahallaga tashrif buyurib, sanʼat maktabi va 11-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilishdi. Maktabda mushoira kechasi oʻtkazildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar, uyushmagan yoshlarga fakultet faxriy yorliqlari hamda kitoblar taqdim qilindi.
29 aprel kuni Termiz davlat universitetida shahardagi 12 ta mahallalari uyushmagan yoshlar oʻrtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari oʻtkazildi. Ushbu musobaqada ham “Abdulla Avloniy” mahallasi jamoasi munosib ishtirok etib, sportning qator turlaridan faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Mavzuga oid