Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov “Tashabbusli budjet” asosida qurilayotgan obyektlarda qurilish ishlari bilan tanishdi
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh Muzrabot tumanida davlat dasturlari va “Tashabbusli budjet” asosida qurilayotgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.…
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh Muzrabot tumanida davlat dasturlari va “Tashabbusli budjet” asosida qurilayotgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan buyurtmachi, loyihachi va pudratchi korxona raxbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, tumandagi ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilib, bu borada mas’ul shaxslarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, mahalladagi yoshlar uchun sport musobaqasi tashkillashtirilib, ular bilan uchrashuv o‘tkazildi.