Boysun tuman “Xalq qabulxonasi” binosida tuman sudlari tomonidan ommaviy sayyor qabulda oʻtkazildi
Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni aholi bilan yaqindan muloqotda boʻlish, ularning…
Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni aholi bilan yaqindan muloqotda boʻlish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aholi bilan ochiqdan ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralarni koʻrish maqsadida tumandagi fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudining raisi O.Berdiyev, maʼmuriy sudi raisi S.Kadirov , jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi devonxona mudiri Sh.Qodirov tomonidan Boysun tumanidagi “Xalq qabulxonasi” binosida jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlar murojatlari boʻyicha ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Ushbu sayyor qabulda jami 23 nafar shaxslar murojaat qilgan boʻlsalar, shundan 7 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi, 16 nafar murojaatchilarga qonuniy tushuntirishlar berildi.
JIB Boysun tuman sudi devonxona mudiri Sh.Qodirov