Brifing: muhim savollarga javob qaytarildi
Bugun AOKAhuzurida tashkil etilgan shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda aytim muhim savollarga javob berildi. Karantin vaqtida ishlab chiqarish jarayoni SES xodimlari…
Bugun AOKAhuzurida tashkil etilgan shtabda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda aytim muhim savollarga javob berildi.
- Karantin vaqtida ishlab chiqarish jarayoni SES xodimlari tomonidan tekshirilishi toʻgʻrimi?
– Karantin davrida, nafakat ishlab chiqarish, balki barcha tadbirkorlik subʼektlarida ularni xabardor etgan holda tekshirishlar oʻtkazilishi mumkin.
Tekshiruvlarda Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan karantin davrida vaqtinchalik tasdiqlangan 0372- sonli SanQM va Respublika maxsus komissiyasining bayon qarorlarining ijrosi oʻrganiladi.
- “Yashil hudud”larda oʻquv markazlari faoliyatini boshlash mumkinmi?
– Yoʻq, karantin choralari yengillatilganiga qaramay, barcha turdagi taʼlim muassasalari va oʻquv kurslari faoliyatiga cheklovlar oʻz kuchida koladi.
- Kasallik aniqlanmagan lhududlarda karantinni bekor qilsa boʻladimi?
– Yoʻq, bulmaydi. Vaziyat tez oʻzgarishi mumkin. Buni «yashil»dan “qizil”ga aylangan hududlarimiz misolida ham koʻrish mumkin.
- Karantin davrida kasallikka qarshi kurashishning qaysi usuli koʻproq samara koʻrsatdi?
– Mamlakatimizda aholining bir-biri bilan muloqotini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kasallikka qarshi kurashishda koʻproq samara berdi va berib kelmoqda.
- Bu yil bolalar yozgi oromgohlari faoliyat koʻrsatadimi?
– Ha, “yashil” toifadagi xududlarda joylashgan bolalarning yozgi dam olish oromgohlari ruxsat berilgan.
- Nega koronavirus infektsiyasi aholi orasida koʻpaymoqda?
– Karantin choralari yumshatilganidan soʻng koʻpchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qoʻydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qoʻyishdi.
Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.
- Yana karantin joriy qilinadimi?
– Aslida karantin tadbirlari bekor qilingani YOʻQ! Aholi orasida kasallanish surʼati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yana-da kuchaytirilishi mumkin.
- Nega bizning respublikamizda kasallik yengil oʻtayapdi? Qariyb 80% bemor kasallikdan tuzalayotganini sababi nimada?
– Koronavirus infektsiyasi asosan 80% holatda yengil kechadi, 15% holatda oʻrta ogʻirlikda va faqat 3-5% holatda ogʻir, yaʼni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.
Kasallikga chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yoʻlga qoʻyilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.
Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali koʻplab oʻrganiladi. Shuning uchun aniq biror toʻxtamga kelishga hali erta.
- Odamzod vaktsina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirus kasalligi bilan kurashib yashayveradimi?
– Koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shugʻullanmoqda. Viruslar esa mutatsiyaga moyil boʻlishadi. Balkim, koronavirusning hammma tipiga taʼsir qiladigan universal vaktsina ishlab chiqish kerak boʻlar.
Vaktsinani ishlab chiqish, klinik sinovdan oʻtkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qoʻllashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.
Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qoʻlni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak.
- Koʻp olimlar kasallik boʻyicha izlanish olib boryapti. Olimlar virus qachongacha davom etishini bashorat qilishdimi?
– Hech kim 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarini qulashini, na fond bozorlaridagi shoʻngʻishni bashorat qila olmagan, shu jumladan, kasallik borasida ham keyingi vaziyat toʻgʻrisida hech nima aniq emas.