Bugun — 1 apreldan nimalar oʻzgaradi?
1 apreldan Oʻzbekiston qonunchiligida bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi. Jumladan: – Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi – Ayrim yolgʻiz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi – Ijtimoiy…
1 apreldan Oʻzbekiston qonunchiligida bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi.
Jumladan:
– Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi
– Ayrim yolgʻiz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi
– Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida ayrim xizmatlar koʻrsatiladi
– Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda ragʻbatlantiriladi
– Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi
– Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi
– “Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi
– “Madaniyat toʻlqinlari” media loyihasi doirasida eng yaxshi media mahsulotlarga pul mukofoti beriladi
– Davlat xaridlari doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferentsiyasi beriladi
– Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransportlarga yoʻl varaqalari elektron yuritiladi
– Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferentsiyalar ularning reytingiga qarab beriladi.