Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Bugun, 10 dekabr – Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

1992 yil 10 dekabr “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonun 13 moddadan iborat boʻlib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta…

Bugun, 10 dekabr – Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

1992 yil 10 dekabr “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonun 13 moddadan iborat boʻlib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Davlat madhiyasi muallifi Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid