Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Bugun 6 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.. Togʻ oldi va…

Bugun 6 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.. Togʻ oldi va togʻli hududlarda Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda baʼzi joylarda 40° gacha boʻladi.

Poytaxtda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° boʻladi.

Mavzuga oid