Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Bugun Oʻzbekistonda yomgʻir va qor yogʻadi — “Oʻzgidromet”

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bugun respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s…

Bugun Oʻzbekistonda yomgʻir va qor yogʻadi — “Oʻzgidromet”

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bugun respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq boʻladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq -3° iliq boʻladi.

Mavzuga oid