Bugun Toshkent shahrining baʼzi mahallalarida gaz taʼminoti uziladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. “Hududgaz Poytaxt” bu haqda maʼlum qildi. Shu…
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. “Hududgaz Poytaxt” bu haqda maʼlum qildi.
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining baʼzi mahalla va koʻchalarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi.
Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
- “Banokatiy” mahallasi;
- “Korzinka” supermarketi.
Sergeli tumanida 11:00 dan 16:00 gacha:
- “Noʻgʻoyqoʻrgʻon” mahallasining Saʼdiy koʻchasi;
- “Nomdanak” mahallasining Fayzli, Ziyokor 2-tor koʻchasi;
- ushbu mahallalarda joylashgan 2 ta ulgurji isteʼmolchi.
Olmazor tumanining mahallalarida 11:00 dan 17:00 gacha:
- “Ahil”;
- “Yangi Toshkent”;
- “Paxta”;
- “Moyariq”;
- Gʻani Aʼzamov;
- “Guruchariq”.