Bugun Toshkentda 2 ta yangi metro bekati ish boshlaydi
Bugun, 15 dekabr kuni Toshkentda metropolitenning yerusti halqa yoʻlidagi yana ikkita bekatda taʼmirlash ishlari yakunlanib, ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Metropoliten” matbuoti xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, Toshkent…
Bugun, 15 dekabr kuni Toshkentda metropolitenning yerusti halqa yoʻlidagi yana ikkita bekatda taʼmirlash ishlari yakunlanib, ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Metropoliten” matbuoti xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent metrosining yangi “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari sinov tariqasida yoʻlovchilarsiz ishlay boshladi. Test rejimida harakat sinovdan oʻtkazilgandan soʻng yoʻlovchilar foydalanishi uchun ham ruxsat beriladi.
Maʼlumot uchun, Toshkent metropolitenining Yerusti halqa aylanma yoʻli jami 37 ta bekatni oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan. Shu vaqtga qadar “Doʻstlik 2” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha boʻlgan 12 ta bekat foydalanishga topshirilgandi. Qolgan bekatlar hali qurilish jarayonida.
Eslatib oʻtamiz, 10 avgust kuni Toshkent shahridagi 19 ta yerusti metro bekatiga yangi nom berilgandi. Bu boʻyicha “Toshkent metropolitenining yerusti yoʻli bekatlariga nom berish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilingan.