Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Bugunning oʻzida Surxondaryoda 4-marta zilzila sodir boʻldi

Bugun Surxondaryo viloyatida 4- marta zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. Maʼlum boʻlishicha, dastalbki yer silkinishi 04:28 da qayd…

Bugunning oʻzida Surxondaryoda 4-marta zilzila sodir boʻldi

Bugun Surxondaryo viloyatida 4- marta zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, dastalbki yer silkinishi 04:28 da qayd etilgan. Zilzila 3,4 magnitudali boʻlgan. Zilzila koordinatlari 37,47 gradus shimoliy kenglik, 67,78 gradus sharqiy uzunlikka ega. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 440 km janubiy-gʻarbda boʻlgan.
3,5 magnitudali ikkinchi zilzila soat 14:08 da viloyatning Qumqoʻrgʻon tumanida yuz bergan.
Uchinchi 3,9 magnitudali yer silkinishi soat 14:36 da viloyatning Qumqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Qumqoʻrgʻon tumanida 3 ball, 16 km.
Shoʻrchi tumanida 2-3 ball, 26 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 31 km.
Jarqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 35 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.
Soat 16:28 da yuz bergan 3,4 magnitudali toʻrtinchi zilzila ham Qumqoʻrgʻon tumanida kuzatilgan.

Mavzuga oid