Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» ga bagʻishlangan «Ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 24 oktyabrdagi…
Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 24 oktyabrdagi 02-07/5125-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida «9 dekabr – Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» ga bagʻishlangan «Ochiq eshiklar kuni» oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi oʻrinbosari A.Yunusov, Surxondaryo viloyat IIB Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻlimi hodimi Sh.Narzullayev, hamda DKP Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Sh.Shaymardanov hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va Oʻ.Xamrayevlar, boshchiligida boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida korruptsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korruptsion holatlarga sabab boʻluvchi omillarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi. Boʻlim va filial rahbarlarining korruptsiyaga qarshi kurash yoʻnalishidagi faoliyatga tatbiq qilish mumkin boʻlgan takliflari tinglandi.
Yigʻilishda har bir xodim oʻz vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korruptsiya nafaqat har bir tizimni, balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi taʼkidlandi.