Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar qildi. Dastlabki berilgan maʼlumotlarga koʻra, 2003 yilda tugʻilgan, institutning…
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar qildi.
Dastlabki berilgan maʼlumotlarga koʻra, 2003 yilda tugʻilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28 fevral kuni talabalar turar joyidagi oʻz xonasida sogʻligʻi yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Koʻrsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi Navas Nasmel vafot etdi.
Dastlabki tashxisga koʻra, marhum ikki tomonlama oʻpkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Oʻz vaqtida maʼmuriyat tomonidanHindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilindi.
Bosh prokuratura matbuot kotibiga koʻra, holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.