Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

COVID-19GA QARShI EMLAShGA MONELIK QILUVChI HOLATLAR NIMALARDAN IBORAT?

SSV Matbuot xizmati ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim boshligʻi Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi: — Butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali chora…

SSV Matbuot xizmati ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim boshligʻi Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi:

— Butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali chora vaktsinatsiya ekani soʻzsiz tan olingan. Shunga qaramasdan, emlash jarayonlarida xushyorlikni yoʻqotmaslik, emlanuvchilar vaktsina olishdan avval tegishli tibbiy koʻriklardan oʻtishlari lozimligi bot-bot takrorlanmoqda.

Yurtimizdagi emlash jarayonlarida sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro tashkilotlarning tegishli tavsiyalariga asosan fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, emlashga monelik qiluvchi holatlar boʻlganda tegishli choralar koʻrilmoqda:

Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:

?vaktsinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar;

? anamnezida ogʻir allergik reaktsiyalari boʻlgan shaxslar;

? oʻtkir yuqumli va yuqumsiz xastaliklar bilan kasallanganlar;

?homilador va emizuvchi ayollar (vaktsinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);

? 18 yoshgacha boʻlgan bolalar;

? OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar (vaktsinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yetarli boʻlmagani sababli);

? koronavirus infektsiyasining oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar;

? laboratoriyada “COVID-19”ga topshirilgan PZR tekshiruv testi musbat natija bergan shaxslar.

COVID-19 infektsiyasini yuqtirgan kishi bilan aloqada boʻlgan odam tibbiyot muassasasida davolanayotgan boʻlsa, tuzalgandan keyin 3 oydan soʻng emlanishi maqsadga muvofiq.

Emlashga boʻlgan barcha turdagi moneliklar emlash punktlarida roʻyxatga olinadi.

Mavzuga oid