Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Cud hujjatlarining ijrosi – inson huquqlari va erkinliklarining kafolati

Surxondaryo viloyat sudida viloyat sudi iqtisodiy sudlov hayʼati va tumanlararo iqtisodiy sudlari sudyalari ishtirokida viloyat va tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan davlat boji undirish toʻgʻrisidagi chiqarilgan ijro…

Cud hujjatlarining ijrosi – inson huquqlari va erkinliklarining kafolati

Surxondaryo viloyat sudida viloyat sudi iqtisodiy sudlov hayʼati va tumanlararo iqtisodiy sudlari sudyalari ishtirokida viloyat va tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan davlat boji undirish toʻgʻrisidagi chiqarilgan ijro hujjatlarining ijrosi bilan bogʻliq  hamda davlat boji (jarima)larni belgilangan miqdorda toʻlanishi (undirilishi)ni, shuningdek “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning  8, 24-moddalariga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari toʻgʻrisida  masalalar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda tumanlararo sudlari sudyalari va hududlar boʻyicha majburiy ijro byurosi boshliqlari, ijrochilari, masʼul xodimlari joylarda videokonferentsaloqa rejimi orqali ishtirok etishdi.

Seminarni viloyat sudi iqtisodiy sudlov hayʼati raisi J.Xomidov ochib, Surxondaryo viloyat sudi Rayosatining 2021 yil                           5 fevraldagi RS-01-21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyat sudining 2021 yilning birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ISh REJASI“ ning 12-bandiga asosan viloyat va tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan davlat boji undirish toʻgʻrisidagi chiqarilgan ijro hujjatlarining ijrosi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda seminar oʻtkazilishi belgilanligini hamda mazkur masala boʻyicha viloyat va tumanlararo iqtisodiy sudlari sudyalari hamda Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, majburiy ijro byurolarining tuman, shahar boʻlimlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida videokonferentsaloqa orqali ishtirok etayotganligini bildirib viloyat iqtisodiy sudlov hayʼati, tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2020 yil hamda 2021 yilning 1-choragi mobaynida respublika byudjetiga davlat bojlarini undirilishi belgilangan ijro hujjatlarining majburiy ijro byurolari tomonidan ijro qilinishi yuzasidan va tahlillar boʻyicha majburiy ijro byurolarining bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligini, yaʼni undiruv juda past koʻrsatkichda ekanligini, bu borada sudyalar ham masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyib, oʻzining chiqargan ijro hujjatlarining ijrosini nazorat qilmayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi S.Kadirov soʻzga chiqib, tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan chiqarilgan ijro hujjatlarining ijro yuzasidan maʼruza qilib, haqiqatdan ham ijroda ijrosi qoldiqda turgan ijro hujjatlari mavjudligi, bu borada MIBlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilayotganligi, shuningdek muddatida ijrosi taʼminlanmagan ishlar boʻyicha hududiy majburiy ijro byurolariga nisbatan Taqdimnomalar kiritilganligini qayd etdi.

Soʻzga chiqqan Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari X.Togʻayev, haqiqatdan ham joylarda ijro boʻlimlarida ijrochilar yetishmasligi, koʻplab kadrlarni almashtirish holatlari boʻlayotganligini taʼkidlab, kelgusida sudlar bilan hamkorlikda ishlab, ijroda qoldiqda turgan ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlanishini va sudlar tomonidan chiqarilgan Taqdimnomalarning muhokamasi oʻz vaqtida qilinib, tegishli tartibda javob xatlari sudlarga yuborilayotganligini, bu borada qayta oʻrganib chiqilib, tegishli chora qoʻllanishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, raislik etuvchi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning                                                     8, 24-moddalariga asosan qaytarilayotgan ijro hujjatlarining aksariyati asossiz qaytarilishi holatlari aniqlanayotganligini, bu esa oʻz navbatida ijro hujjatlarining ijrosini kechiktirishga olib kelishini gapirib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga chek qoʻyilishi haqida majburiy ijro boshqarmasiga tegishli koʻrsatma berdi.

Surxondaryo viloyat sudining sudya katta yordamchisi      Saida Nuriyeva

Mavzuga oid