Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Denov tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari mahallada huquqiy targʻibot oʻtkazishdi

Oltinsoy tumanidagi “Boʻston” MFY binosida Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari S.Xusanov va S.Qultoʻrayevlar tomonidan mahalla faollari bilan “Iqtisodiy sudlarda investitsiyaviy nizolar va raqobatga doir ishlarni…

Oltinsoy tumanidagi “Boʻston” MFY binosida Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari S.Xusanov va S.Qultoʻrayevlar tomonidan mahalla faollari bilan “Iqtisodiy sudlarda investitsiyaviy nizolar va raqobatga doir ishlarni yuritish tartibi” va “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari” mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi S.Qultoʻrayev keyingi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, iqtisodiy sudlarda investitsiyaviy nizolar va raqobatga doir ishlarni yuritish tartibi, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali ishonchili himoya qilishni takomillashtirish, sud majlislarini ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida qilingan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.
Shundan soʻng, Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi tomonidan yigʻilganlarga “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari” mavzusida maʼruza qilib, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarida barcha fuqarolar faol qatnashishi lozimligini, ularning saylov huquqlari qonun bilan kafolatlanganligini, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik holatlari mavjudligi haqida batafsil tushuncha berib oʻtdi.
Davra suhbati ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.

Denov tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi D.Kassirova

Mavzuga oid