Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Denovlik 534 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun Denov tumanida “qizil” toifaga kiritilgan va…

Denovlik 534 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun Denov tumanida “qizil” toifaga kiritilgan va “Yoshlar daftari”da turgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi tadbir bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov ishtirok эtib, “Yoshlar daftari”da turgan 276 nafar yoshga qariyb 900 mln so’mlik, jumladan, 136 nafariga o’zini o’zi band qilishi uchun jihoz, asbob-uskuna va dastgohlar hamda 140 nafariga moddiy yordam pullari sertifikatlarini topshirdi. Shuningdek, viloyat va tuman tashkilotlari tomonidan o’zlariga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlarning 258 nafariga turli jihozlarni topshirishdi.

Shu kunga qadar Denov tumanida 1 865 nafar “qizil” toifadagi, 1 881 nafar “Yoshlar daftari” platformasidagi yoshlarga turli ko’rinishdagi amaliy yordamlar ko’rsatilgan.

Mavzuga oid