Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Diyora, butun Oʻzbekiston Siz bilan faxrlanadi!» — Saida Mirziyoyeva.

Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga koʻtariladigan ilk ayol oʻzbek dzyudochisiga aylandi. Maʼlumki, kecha Parij-2024 Olimpiadasida Oʻzbekiston ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi. Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga…

“Diyora, butun Oʻzbekiston Siz bilan faxrlanadi!» — Saida Mirziyoyeva.

Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga koʻtariladigan ilk ayol oʻzbek dzyudochisiga aylandi.

Maʼlumki, kecha Parij-2024 Olimpiadasida Oʻzbekiston ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi. Diyora Keldiyorova Olimpiadada shohsupaga koʻtariladigan ilk ayol oʻzbek dzyudochisiga aylandi. Final baxsida u Tokio Olimpiadasida -48 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Kosovo vakili Distria Krasnichini yengdi. Chempionni Saida Mirziyoyeva tabrikladi. 


«Bugun oʻzbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga toʻldi.

Dzyudochi Diyora Keldiyorova — Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo boʻyicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.

Diyoraning yorqin gʻalabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport toʻgaraklarida tinimsiz shugʻullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan koʻplab qizlar uchun motivatsiya hamdir! Diyora, butun Oʻzbekiston Siz bilan faxrlanadi!» – deya yozib qoldirdi Mirziyoyeva. 

Mavzuga oid