Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Dunyo” axborot agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Fayziyev Omonulla Lutfullayevich Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Fayziyev Omonulla Lutfullayevich 1985 yilda tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari…

“Dunyo” axborot agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Fayziyev Omonulla Lutfullayevich Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Fayziyev Omonulla Lutfullayevich 1985 yilda tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini (2007 yil bakalavr, 2009 magistr), shuningdek, 2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Maʼlumot uchun, u xalqaro jurnalist, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri.
Shuningdek, Fayziyev Omonulla Lutfullayevich hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib keladi.

Mavzuga oid