Ekologiya vazirligiga “Mening bogʻim” loyihasini ishga tushirish topshirildi
Prezident boshchiligidagi videoselektor yigʻilishida bahor mavsumida mahallalarda va koʻp qavatli uylar atrofida, yoʻllar va kanallar boʻyidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi. Poytaxtda amal qilayotgan…
Prezident boshchiligidagi videoselektor yigʻilishida bahor mavsumida mahallalarda va koʻp qavatli uylar atrofida, yoʻllar va kanallar boʻyidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.
Ekologiya vazirligiga “Mening bogʻim” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard soʻm ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bogʻ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga koʻrsatma berildi.
Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbogʻ barpo qilish, barcha issiqlik elektr stantsiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham koʻchat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Ijtimoiy obʼektlarga koʻchatlarni bepul yetkazib berish boʻyicha oʻtgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 milliondan ziyod koʻchat bepul tarqatilishi belgilandi.