Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Elektr energiyasi isteʼmoli notoʻgʻri hisoblanyaptimi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan holatga oydinlik kiritildi Ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlarida elektr energiyasi isteʼmoli notoʻgʻri hisoblanayotgani haqida xabarlar va buni boshqa isteʼmolchilar…

Elektr energiyasi isteʼmoli notoʻgʻri hisoblanyaptimi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan holatga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlarida elektr energiyasi isteʼmoli notoʻgʻri hisoblanayotgani haqida xabarlar va buni boshqa isteʼmolchilar tomonidan oʻz maʼlumotlari asosida tasdiqlovchi sharhlar eʼlon qilindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

“Ayni kunda butun respublikamiz boʻylab elektr energiyasi hisobini yuritayotgan “Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi ” (ASKUE) tomonidan avtomat ravishda isteʼmol qilingan elektr energiyasini har bir isteʼmolchi bilan hisoblashning sutkalik, oylik va yillik nazoratini olib boradi va buni shaffof ravishda har bir fuqaro kuzatib borish imkoni yaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlarnig kelib chiqishining asosiy sababi ayrim toʻlov tizimlarining “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ bilan kelishmagan holda, goʻyoki isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida maʼlumotlar chiqarilganligi sababli koʻplab isteʼmolchilarda mana shunday tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Isteʼmolchilar tomonidan kunlik isteʼmol sifatida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar aynan sutkalik isteʼmol koʻrsatkichlari ekanligini maʼlum qilamiz.

Isteʼmolchilardan elektr energiyasi hisobi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida aniq va toʻgʻri maʼlumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytidaga “ Shaxsiy kabinet “ orqali olishlarini tavsiya qilamiz“, – deyiladi xabarda.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qoʻllanma.

Mavzuga oid