Yemagan somsaga pul toʻlanmadi
Surxondaryo viloyati IIB 83-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bosh hisobchi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyev Salijon Xurramovich(ismi shariflari oʻzgartirilgan) ga nisbatan 2011 yil JIB Termiz tuman sudining hukmi bekor…
Surxondaryo viloyati IIB 83-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bosh hisobchi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyev Salijon Xurramovich(ismi shariflari oʻzgartirilgan) ga nisbatan 2011 yil JIB Termiz tuman sudining hukmi bekor qilindi. Surxondaryo viloyat JIB sudlov hayʼatining apellyatsiya sudiga kiritgan S.Xurramov davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazishda oʻzining aybi yoʻqligini isbotladi. 2009-2010 yillarda Sherobod tumani jazoni ijro etish koloniyasida I.Abdulqosimov, S.Baxtiyev, N.Aliyev, U.Temirov hamda Sh.Hamidovlar ishtirokida manzil koloniyasining gʻalla parvarishi uchun Agrobank Sherobod tuman banki faoliyatidan noqonuniy 8.400.000 soʻmlik naqd pullar korxonaning boshqa ehtiyojlari hisobidan olinganligi aniqlangan jinoiy hatti-harakatlarda ishtiroki tasdiqlanmadi.
S.Baxtiyev reabilatitsiya qilinishi munosabati bilan unga yetkazilgan mulkiy, maʼnaviy va boshqa ziyonni qoplash oqibatlarini Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 304-308-moddalarida nazarda tutilgan tartibda daʼvo bilan murojaat qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Ammo, muhimi u yemagan somasaga pul toʻlamaydigan boʻldi.
Odil Normahmatov, Surxondaryo viloyat sudi raisi oʻrinbosari
Jasur Xudoyberdiyev, Surxondaryo viloyat sudi sudyasi