Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Endi liftlar majburan dispetcherlik xizmatiga ulanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish boʻyicha…

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini muhokama qoʻydi. Ushbu qaror normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylandi.

Unga koʻra, davlat standartlari va xavfsizlik talablariga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan lift, eskalator va travolatorlarga bir qator talablar qoʻyildi. Jumladan, endi lift, eskalator, travolator, sanoat havo sovitish va isitish qozonlari muvofiqlik sertifikatisiz oʻrnatilmaydi. Shuningdek, koʻp qavatli binolarda liftlar qabul qilib olishdan avval majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulanadi. Ushbu xizmatning faoliyati esa Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi respublikaning barcha hududlarida koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari huzurida liftlarni monitoring qilish boʻyicha dispetcherlik xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etsin va doimiy faoliyat yuritishini taʼminlasin”, deyiladi qarorda.

Mavzuga oid