Endi uyni taʼmirlash uchun 20 yilga 120 mln soʻm past foizli kredit beriladi
Ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi. “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida…
Ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi.
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (691-son, 21.10.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar belgilandi:
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlab berish;
ipoteka kreditlari va ular boʻyicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.
Shuningdek:
kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi.