Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yer biznesi bilan shugʻullangan shovvoz

Sudlanuvchi Sh.X firibgarlik, yaʼni oʻzganing ancha miqdordagi mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2021 yilning may oyida Qiziltepa tumani zaxira yer fondida boʻlgan tumanning…

Yer biznesi bilan shugʻullangan shovvoz

Sudlanuvchi Sh.X firibgarlik, yaʼni oʻzganing ancha miqdordagi mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2021 yilning may oyida Qiziltepa tumani zaxira yer fondida boʻlgan tumanning “Varozun” mahallasi “Xojibibi” qishlogʻidagi 446-sonli konturdagi qishloq xoʻjaligi maqsadlariga foydalanilmaydigan 0,18 gektar kattalikdagi yer maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi vakolatga ega emasligini bilgan holda Oʻ.Sning ishonchiga kirib, unga ushbu yer joydan uy joy qurish uchun sotishini va ushbu yer maydonini umrbod egalik qilishi huquqi bilan berishni vaʼda qilib, aldab, dastlab ushbu yer maydonini 50.000.000 soʻmga, undan soʻng goʻyoki boshqa mijoz chiqqanligini aytib, 60.000.000 soʻmga sotishini aytib, Oʻ.Sning ishonchiga kirib, 46.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan sudlanuvchi X.Sh Oʻzbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga ushbu modda bilan JKning 57-moddasini qoʻllab, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari (25x270000=6.750.000) olti million yetti yuz ellik ming soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Qiziltepa tuman sudi raisi Avezov Adiz Murodbekovich

Mavzuga oid