Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yer uchastkangizni xususiylashtirish toʻlovlari kamaytirildi

Endilikda aholi oʻziga tegishli boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtgan yerlarni xususiylashtirish toʻlovi qisqardi. 2022 yil 30 noyabrda Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan Vazirlar…

Yer uchastkangizni xususiylashtirish toʻlovlari kamaytirildi

Endilikda aholi oʻziga tegishli boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtgan yerlarni xususiylashtirish toʻlovi qisqardi. 2022 yil 30 noyabrda Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qayd etilishicha, hozirga qadar aholi oʻziga tegishli boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtgan yerlarni xususiylashtirish toʻlovi yillik yer soligʻining 20 baravari miqdorida edi. Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer soligʻining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.

Joriy yilning 12 oyi davomida Surxondaryo viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha jami 1730 ta arizalar kelib tushgan boʻlib, shundan 159 tasi ijobiy xal etilib boʻsh yer uchastkalari xususiylashtirildi, 74 tasi toʻlov qilish jarayonida qolmoqda.

Xoʻsh yerlarni xususiylashtirishimdan nima foyda deysizmi ?

Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining foydali jihatlari koʻp masalan Oʻzingizga tegishli yer uchastkangizni xususiy mulk qilib olishingiz shuningdek ushbu yer uchastkalarini endilikda kredit olish maqsadida garovga qoʻyish imkoniyati, xususiylashtirilgan yerlarni sotish, meros qilib qoldirish hamda hadya qilish, eng muhimi esa mulk huquqidagi yeringiz davlat va jamiyat extiyojlari yoki “snos” kabi maqsadlarda sizning roziligingizsiz bepul olib qoʻyilmaydi. Koʻpincha “Er uchastkamni yarmini sotmoqchiman yoki farzandimga hadya qilmoqchiman”, degan murojaat boʻladi. Mana shunday jarayonda xususiylashtirilgan yer egasi hovlisining bir qismi – imorati yoʻq joyni kimgadir sotishi mumkin – deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Bexruz Safarov.

Xa aytgancha yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari agentligi yoki my.gov.uz orqali murojaat qilinadi.

Mavzuga oid