Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yer umummilliy boyligimi, uni asrab avaylash har birimizning burchimizdir.

Zero, Surxondaryo viloyatida Yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Shu oʻrinda Yer uchastkalarini noqonuniy egallash va noqonuniy egallangan yer uchastkalariga oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini…

Yer umummilliy boyligimi, uni asrab avaylash har birimizning burchimizdir.

Zero, Surxondaryo viloyatida Yer nazorati tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Shu oʻrinda Yer uchastkalarini noqonuniy egallash va noqonuniy egallangan yer uchastkalariga oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirilayotganligi holatlari uchramoqda.
Jumladan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Jarqoʻrʼgʻon tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan yerlardan foydalanishda Yer nazorati tadbirlari davomida.



Misol tariqasida aytadigan boʻlsak;
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydonidan tumanning «Oltintepa» MFYda yashovchi fuqaro Dj.B.R tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, 93.21 kv.metrdan iborat Yemhona va Nonvoyxona binolarini qurib olganligi holati aniqlangan.
Aniqlangan holat yuzasidan Jarqoʻrʼgʻon tuman boʻlimi inspektorlar tomonidan fuqaro Dj.B.R ning noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan maʼmuriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.
Shundan soʻng, noqonuniy qurilgan qurilishlarini fuqaro Dj.B.R tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilishi taʼminlandi.


Muhim eslatma!
Shu oʻrinda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymasliklarini yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz.
Zero, qonunga koʻra yer qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan jismoniy va yuridik shaxslar maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Mavzuga oid