Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani hududida 25 iyul kuni sel oqimlari kuzatildi

Fargʻona tumanida sel koʻchalarni qum-shagʻal bilan toʻldirdi Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi. Qayd etilishicha, shu kuni jala va doʻl yogʻib oʻtgan. Buning natijasida: Fargʻona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel…

Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani hududida 25 iyul kuni sel oqimlari kuzatildi

Fargʻona tumanida sel koʻchalarni qum-shagʻal bilan toʻldirdi

Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi. Qayd etilishicha, shu kuni jala va doʻl yogʻib oʻtgan. Buning natijasida:

  • Fargʻona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.
  • Fargʻona tumani Shohimardon qishlogʻi togʻ-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomgʻir va doʻl yogʻishi  natijasida 4-5 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shagʻal bilan toʻldirgan. Shuningdek, yoʻl chetida turgan 2 ta avtomobil atrofi qisman qum-shagʻal bilan qoplangan.
  • Fargʻona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yoʻlidan soat 15:30 da 1,5-2 metr kub/sekund sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.

Sel oqimlari natijasidan fuqarolar oʻrtasida jabrlanganlar yoʻq. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan xabar bermoqda. Hozirda tuman FVDT xizmatlari kuch va vositalarini jalb etgan holda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid