Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Fargʻonada 19 yoshli qiz chaqalogʻini hojatxonada polga tashlab ketdi. Bola vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Quva tuman tibbiyot birlashmasi tugʻuruq boʻlimida yangi tugʻilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qoʻyilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi…

Fargʻonada 19 yoshli qiz chaqalogʻini hojatxonada polga tashlab ketdi. Bola vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Quva tuman tibbiyot birlashmasi tugʻuruq boʻlimida yangi tugʻilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qoʻyilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Dastlabki oʻrganishlarga koʻra, 2005 yil Fargʻona viloyati Toshloq tumanida tugʻilgan D.U. joriy yilning 31 mart kuni Quva tuman tibbiyot birlashmasi tugʻuruq boʻlimiga “Homiladorlik-1, tugʻuruq-1, 28 hafta, erta tugʻish xavfi” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Bemor homiladorlik bilan Toshloq tumanida dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Tugʻuruq 1 aprel kuni soat 08:45 larda amalga oshirilgan.

Shu kuni soat 17:00 larda esa chaqaloqning ahvoli ogʻirlashib, unda biologik oʻlim holati kuzatilgan. Uning oʻlimiga muddatidan oldin (7 oylik) tugʻilganligi sabab boʻlgan.

“Ayni paytda mazkur holat Cogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Fargʻona viloyatiga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonada zinapoya ostiga tashlab ketilgan sumka ichidan chaqaloq topilgandi. Bola Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan. Samarqand shahridagi koʻp qavatli uyning yoʻlagida esa yangi tugʻilgan egizak chaqaloqlar qoldirib ketildi.

Mavzuga oid